Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti: "Qayd etilgan natijadan xursandman"

Karlo Anchelotti "Real"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinidan (3:3) qoniqish hosil qildi.

.
- Yuklab olish

Karlo Anchelotti "Real"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinidan (3:3) qoniqish hosil qildi.

"Qiyin kurash ostida kechga teng o'yin bo'ldi. Biz yuqori bosimga ega bo'ldik, hammasi yaxshi o'tdi. Biz o'tish bosqichlaridan unumli foydalanishga harakat qildik.

Biz kutmagan erdan gol bo'ldi. Lekin biz yaxshi javob qaytardik, 60 daqiqa davomida juda yaxshi o'ynadik. Keyin "to'qqizlik"dan ikkita gol o'tkazib yubordik va bu zarbalarni qaytarishning iloji bo'lmadi. Menimcha, birinchi gol ta'sir ko'rsatmadi.

To'pga egalik qilganimizda yuqori pressing va "shaharliklar"ga noqulaylik yaratish uchun kuchimizni sarfladik.

- Sxemangiz bilan "Manchester Siti"ni hayratda qoldirdingizmi?

- Menimcha ha. Ikkinchi gol a'lo darajada kiritildi, futbolchilar ajoyib harakat qilishdi. Chap qanotda Vinisius va Rodrigo bilan biz vaziyatlar yaratish imkoniyatiga ega bo'ldik. Men baxtliman.

O'yindan keyin biroz ustunlikka ega bo'lishini istardim, ammo shunga qaramay xursand bo'lishimiz kerak. Biz kurashdik, agar ikkinchi o'yinda ham shunday harakat qilsak, oldinga o'tishimiz mumkin bo'ladi" - dedi “Real” bosh murabbiyi Movistar telekanalida.

BestMaster
10 Aprel 2024, 08:00
anchelotti, qayd, etilgan, natijadan, xursandman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads