Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti: "Manchester Siti"dan ustun taraflarimiz bor"

Karlo Anchelotti "Manchester Siti" bilan o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

Karlo Anchelotti "Manchester Siti" bilan o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ertaga Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi 1/4 finali dastlabki o'yinida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

"Eng yaxshi tarafimizni ko'rsatish muhim, ruhiy jihat ham muhim. Maydonda jasorat va xarakter ko'rsatishimiz kerak. Uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz bor edi, ishonchim komilki, biz bor kuchimizni ko'rsatamiz.

Bu qiziqarli o'yin bo'ladi. Ikkala jamoa ham juda yuqori sifatga ega, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, shuning uchun o'yin taktik jihatdan juda chiroyli bo'ladi.

Biz raqiblarimizdan ma'lum jihatlarda ustun ekanligimizga ishonamiz, ular esa bizdan boshqa jihatlarda ustunroq. 180 daqiqadan so'ng kim keyingi bosqichga chiqishi aniq bo'lgach, ustunlik ko'rinadi."

O'tgan mavsumda "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat haqida:

"Bizda jasorat va individual fazilatlar etishmagandi. Bunday uchrashuvlarda bu juda muhim, ammo javob o'yinida bizda bunday bo'lmadi.

To'p bilan o'ynash uslubimiz o'zgardi - bizda avval Benzema bor edi, hozir u yo'q. Biz hujumda harakatchanroq bo'lish orqali uning yo'qligi bilan kurashdik. Bu ham muhim rol o'ynaydi."

Uchrashuv uchun tarkib haqida:

"Futbolchilarga hech narsa demadim - ertaga hammasi hal bo'ladi. Menimcha, hech qanday g'ayrioddiy narsa bo'lmaydi. Hech narsani o'tkazib yubormaysiz, aniq", - dedi “Real” bosh murabbiyi.

BestMaster
8 Aprel 2024, 19:00
anchelotti, manchester, sitidan, ustun, taraflarimiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads