Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roppa-rosa olti yil muqaddam Ronaldu Buffon darvozasiga ajoyib gol urgandi (video)

Bundan roppa-rosa 6 yil muqaddam, 2018 yilning 3 aprel kuni "Yuventus" va "Real Madrid" o'rtasida Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvi bo'lib o'tgandi. 

.
- Yuklab olish

Bundan roppa-rosa 6 yil muqaddam, 2018 yilning 3 aprel kuni "Yuventus" va "Real Madrid" o'rtasida Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvi bo'lib o'tgandi.

Madridliklar Italiyada 3:0 hisobida zafar quchdi. Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bo'lsa, Marselo yana bir golga mualliflik qilgandi.

Ayniqsa, Ronalduning akrobatik tarzda urgan goli esda qolarli bo'ldi, shundan so'ng hatto "Yuventus" muxlislari ham portugaliyalik futbolchini olqishlashgandi. Bu gol ko'pincha Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi gollar ro'yxatiga kiritiladi.

Ronalduning zarbasi ajoyib va ​​samarali bo'ldi - darvozabon Janluiji Buffon hatto harakat ham qilmadi. "Real"ga qarshi javob o'yinida "Yuventus" uch gol farqi bilan qaytgan bo'lsa, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urdi (1:3) va o'sha paytdagi jamoasini yarim finalga olib chiqdi.

BestMaster
3 Aprel 2024, 22:00
roppa-rosa, olti, muqaddam, ronaldu, buffon, darvozasiga, ajoyib, urgandi, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads