Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Van Nistelroy Ronaldu bilan kelisholmay «MYu» klubini tark etgani ma'lum bo'ldi

Britaniyalik siyosatchi Alister Kempbell hujumchi Ruud van Nistelroyning «Manchester Yunayted» klubini tark etishi tafsilotlariga to'xtaldi.

.
- Yuklab olish

Britaniyalik siyosatchi Alister Kempbell hujumchi Ruud van Nistelroyning «Manchester Yunayted» klubini tark etishi tafsilotlariga to'xtaldi.

«Aleks Fergyuson Ruudni juda xudbin deb bilar edi, biroq unga nisbatan chora topolmasdi.

Bir kuni van Nistelroy Ronalduga nisbatan haqoratli gaplarni aytdi. Ma'lumki, Krishtianuning otasi ichkilikbozlik tufayli olamdan o'tgan edi. Ruud esa o'sha paytda Fergyusonning yordamchisi bo'lib ishlagan Karlush Keyrushni "Ronalduning yangi otasi" deb atay boshladi. Karlush buni eshitib, Ruudni boshqalarni hurmat qilishga chaqirdi. Biroq u qo'l siltab qo'yaqoldi.

Keyinchalik, Ruud Ronaldudan uzr so'radi, biroq u uning uzrini qabul qilmadi. Bu mojaroni eshitgan Fergyuson shu zahoti van Nistelroyni uyiga jo'natib yubordi», — deb yozdi Kempbell o'z kitobida.

Eslatib o'tamiz, 2006 yilda van Nistelroy "Real" klubiga o'tdi. 2009 yilda esa u erga Ronaldu ham bordi. Yarim yildan so'ng esa, gollandiyalik hujumchi "Real"ni tark etdi.

BestMaster
25 Sentabr 2017, 12:01
nistelroy, ronaldu, bilan, kelisholmay, «myu», klubini, tark, etgani, malum, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads