Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Bayer»: Har o'yinda o'rtacha 2,69 ochko!

Xabi Alonso tuzgan ishtiyoqli «Bayer» bu yil Bundesligada «Bavariya»ni taxtdan ag'darishga to'la haqli ekanligini isbotlashga ulgurdi.

.
- Yuklab olish

Xabi Alonso tuzgan ishtiyoqli «Bayer» bu yil Bundesligada «Bavariya»ni taxtdan ag'darishga to'la haqli ekanligini isbotlashga ulgurdi.

Deylik, Leverkuzen drujinasi joriy mavsum 1ta o'yinga to'g'ri keladigan o'rtacha ochko miqdori bo'yicha Evropaning kuchli 5ta ligasi ishtirokchilari orasida eng yuqori natijaga ega.

Diqqat qiling, «Bayer» joriy mavsum Bundesliganing har bir o'yinida o'rtacha hisobda 2,69 ochko ishladi. Evropaning eng sara chempionatlarida boshqa biror klub bunday ko'rsatkich bilan maqtanolmaydi. Mail nashri tomonidan o'rtacha ochko miqdori asosida tuzilgan Evropa jamoalari reytinginining 2-qatori «A» seriyada skudettoni deyarli naqd qilishga ulgurgan «Inter»ga tegishli (1ta o'yinda o'rtacha 2,62 ochko). 

Aytish kerak, «Bayer» joriy mavsum Germaniya chempionatining 26ta turida 70 ochko to'pladi. Bundesliga tarixida 26ta turda bundan ko'proq ochko ishlash holati atigi bir marta kuzatilgandi. Ya'ni «Bavariya» mavsum-2013/2014 doirasidagi 26ta o'yinda 74 ochko jamg'argandi. Hozir esa Alonso jamoasi Bundesliga turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi «Bavariya»ni naq 10 ochkoga ortda qoldirmoqda.

O'rtacha ochko miqdori bo'yicha joriy mavsum peshqadamlari (Evropaning kuchli 5ta ligasi)

«Bayer»: Bundesligada 2,69 ochko

«Inter»: «A» seriyada 2,62 ochko

«Real»: la Ligada 2,48 ochko

«Bavariya»: Bundesligada 2,31 ochko

«Arsenal»: APLda 2,29 ochko

«Liverpul»: APLda 2,29 ochko

«PSJ»: Liga 1da 2,26 ochko 

«Manchester Siti»: APLda 2,25 ochko

BestMaster
31 Mart 2024, 00:00
«bayer», oyinda, ortacha, ochko!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads