Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Reyting: Ishonish qiyin, oyiga 6 «limon»!

L~Equipe nashri birin-ketin qit'aning kuchli 5ta ligasida eng ko'p maosh olayotgan futbolchilar ro'yxati e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

L~Equipe nashri birin-ketin qit'aning kuchli 5ta ligasida eng ko'p maosh olayotgan futbolchilar ro'yxati e'lon qildi.

Shuningdek, butun Evropada eng katta ish haqiga ega 10 nafar futbolchi ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, «PSJ»dan zerikkan Kilian Mbappening bir oylik maoshi 6 million evroni tashkil qilmoqda. Bunga ishonish qiyin.

Bundesliga (Germaniya)

Germaniya chempionatida eng katta maoshga ega futbolchilarning kuchli beshligi faqat «Bavariya» vakillaridan iborat. Qarangki, hozir Bundesligada «Bavariya» emas, balki «Bayer» peshqadam. Yana katta farq bilan!

1. Garri Keyn («Bavariya») — oyiga 2,1 mln. evro

2. Manuel Noyer («Bavariya») — oyiga 1,66 mln. evro

   Tomas Myuller («Bavariya») — oyiga 1,66 mln. evro

4. Serj Gnabri («Bavariya») — oyiga 1,42 mln. evro

    Kingsli Koman («Bavariya») — oyiga 1,42 mln. evro

---------------------------------------------------------------------------------------------------------------

La Liga (Ispaniya)

Ispaniya elit ligasida eng ko'p maosh evaziga o'ynayotganlar ro'yxatida 3ta klub vakili bor. Ya'ni top-6dan «Real», «Barselona» hamda «Atletiko» futbolchilari joy olishdi. 

1. David Alaba («Real») - oyiga 1,88 mln. evro

2. Robert Levandovski («Barselona») - oyiga 1,87 mln. evro

3. Vinisius Junior («Real») - oyiga 1,67 mln. evro

   Jud Bellingem («Real») - oyiga 1,67 mln. evro

   Ilkay Gyundogan («Barselona») - oyiga 1,67 mln. evro

   Yan Oblak («Atletiko») - oyiga 1,67 mln. evro

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------

APL (Angliya)

L~Equipe ma'lumotiga binoan, APL ro'yxatining dastlabki ikki pog'onasi «Manchester Siti etakchilari Kevin de Bryuyne va Erling Xolandga tegishli. Top-5ta «MYu»dan ikki vakil borligini ham alohida ta'kidlash kerak. 

1. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») - oyiga 2,02 mln. evro

2. Erling Xoland («Manchester Siti») - oyiga 1,9 mln. evro

3. Muhammad Saloh («Liverpul») - oyiga 1,77 mln. evro

   Kazemiro («MYu») - oyiga 1,77 mln. evro

5. Rafael Varan («MYu») - oyiga 1,72 mln. evro. 

 «A» seriya (Italiya)

«Napoli»ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen - «A» seriya maosh reytingi peshqadami. Keyingi o'rinlar «Yuventus» vakillariga tegishli. Umuman, Italiyada oyiga 1 million evro maosh chegarasidan o'tgan 3 nafar futbolchi bor, xolos. 

1. Viktor Osimxen («Napoli») - oyiga 1,5 mln. evro

2. Dushan Vlaxovich («Yuventus») - oyiga 1,07 mln. evro 

3. Voytsex Shesni («Yuventus») - oyiga 1 mln. evro

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Liga 1 (Frantsiya)

Frantsiya elit ligasida eng katta maosh olayotgan 10 nafar futbolchi bitta klubdan. Ha, gap «PSJ» haqida ketmoqda, albatta. Liga 1da million evrolik maosh chegarasidan o'tgan futbolchilar soni esa 5 nafar.

1. Kilian Mbappe («PSJ») - oyiga 6 mln. evro

2. Usmon Dembele («PSJ») - oyiga 1,12 mln. evro

   Markinos («PSJ») - oyiga 1,12 mln. evro

4. Lyuka Ernandes («PSJ») - oyiga 1,11 mln. evro

   Milan Shkrinyar («PSJ») - oyiga 1,11 mln. evro

Evropaning kuchli BESh ligasi bo'yicha

Ko'rinib turibdiki, Evropaning il­g'or 5ta ligasida oyiga 1 milliondan ko'p maosh oladiganlar safi ancha kengaygan. Mutlaq peshqadam Kilian Mbappening oylik moyanasi eng yaqin ta'qibchisi Garri Keynnikidan deyarli 3 baravar ko'p. Yana bir fakt: reytingda 2-4-o'rinlarda turgan Garri Keyn, Kevin de Bryuyne va Erling Xoland maoshini jamlasak, Kilianning oylik ish haqi miqdori hosil bo'ladi - 6 million evro.

AYTGANChA...

Diqqat, Frantsiya elit ligasida eng ko'p maosh oluvchi murabbiy Luis Enrike («PSJ») bu borada yaqin ta'qibchisi Adolf Xyutter-(«Monako»)dan deyarli 4 baravar ko'p ish haqiga ega. Ispaniyalik mutaxassis oyiga salkam 1 million evro olmoqda Parijda. 

1. Luis Enrike («PSJ») - oyiga 923 250 evro

2. Adolf Xyutter («Monako») - oyiga 250 ming evro

3. Patrik Vieyra («Strasbur») - oyiga 220 ming evro

4. Paulo Fonseka («Lill») - oyiga 220 ming evro

5. Julen Steffen («Renn») - oyiga 180 ming evro

S.RAHMONOV tayyorladi

BestMaster
31 Mart 2024, 00:00
reyting, ishonish, qiyin, oyiga, «limon»!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads