Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Dunyoning eng qimmat futbolchilari haqida...

Mart oyida Transfermarkt statistik portali Evropaning kuchli beshlik chempionatlari futbolchilarining bozor qiymati bo'yicha yangilangan ma'lumotlarni e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

Mart oyida Transfermarkt statistik portali Evropaning kuchli beshlik chempionatlari futbolchilarining bozor qiymati bo'yicha yangilangan ma'lumotlarni e'lon qildi. Dunyoning eng qimmat futbolchilari ham o'zgardi.

Reytingda birinchi o'rinni hamon Jud Bellingem, Erling Xoland va Kilian Mbappe bo'lishib turibdi - ularning transfer qiymati 180 million evroga baholanmoqda. Keyingi o'rinda Madridning yana bir vakili Vinisius, uning uchun potentsial xaridor 150 million evro to'lashi kerak.

Sayyoramizning eng qimmat 10 nafar futbolchisi quyidagicha:

Bahosi oshgan futbolchilar orasila Fil Foden etakchi bo'ldi, endi u bozor bahosida Bukayo Sakaga tenglashdi. "Bayer"dan Florian Virtts ham narxini ko'tarib oldi. U ham xuddi Jamol Musiala kabi 110 million evroga teng. Shuningdek, nemis futbolchilaridan tashqari Deklan Rays va Viktor Osimxen ham 110 millionga baholanmoqda.

Premer-liga bu borada eng ko'p vakilga ega ekanligi - 4 nafar futbolchi hech kimni ajablantirmasa kerak. Reytingda Bundesligadan Virtts va Musiala bor, La Ligadan esa faqat "Real" futbolchilari kiritilgan. Reytingda A Seriya va Liga 1da bittadan futbolchi bor.

Top-10 ga transfer qiymati 110 million evroga baholangan boshqa futbolchilar ham kirishi mumkin: Lautaro Martines, Rodri va Keyn. Eng qimmat 20 nafar futbolchi bilan tanishing:

20 nafar o'yinchidan iborat reytingda madridliklarda boshqalardan ko'ra ko'proq vakillar bor - 6 ta futbolchi. Bundan tashqari, "Barsa"dan faqatgina birgina vakil Gavi bu ro'yxatdan o'rin olgani ham qiziqarli.

Bu futbolchilar sizningcha shunday katta transfer summasiga loyiqmi?

BestMaster
29 Mart 2024, 00:00
dunyoning, qimmat, futbolchilari, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads