Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Bavariya» Devisga ultimatum qo'ydi

“Bavariya”ning kanadalik himoyachisi Alfonso Devisning vakili Nedal Xuose futbolchining kelajagi haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Bavariya”ning kanadalik himoyachisi Alfonso Devisning vakili Nedal Xuose futbolchining kelajagi haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Devis “Real” e'tiborini tortgani haqida xabar berilgan edi.

“Bavariya" bizga ultimatum qo'yayotgani adolatsizlik. Futbolchining kelajagi to'g'risida mavsum so'ngida qaror qilamiz. Hozir Alfonsoga tazyiq o'tkazilayotgani adolatdan emas. Bir yil oldin biz kelishuvga yaqin edik. Keyin klubning butun rahbariyati o'zgardi. Biz etti oy davomida hech narsa eshitmadik. Vaholanki, bu vaqt ichida men o'zim klub bilan bog'lanishga harakat qildim.

Endi bizga ultimatum qo'yildi va biz ikki hafta ichida javobimizni aytishimiz kerak ekan. Bu — adolatsizlik. Keyingi shartnoma Alfonsoning faoliyatida juda muhim bo'ladi va biz kelasi mavsumda murabbiy kim bo'lishini va jamoa qanday ko'rinishda bo'lishini bilmay turib bir qarorga kelishimiz kerak. Shuning uchun bizning oldimizga qo'yilgan ultimatumni adolatsiz deb hisoblaymiz”, — deya Xuosening so'zlarini keltiradi Insayder Fabritsio Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida.

Alfonso Devis 2000 yilda tug'ilgan va hozirgi kundagi eng kuchli himoyachilardan biri hisoblanadi.

BestMaster
28 Mart 2024, 18:00
«bavariya», devisga, ultimatum, qoydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads