Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtua 31 mart kuni maydonga qaytmoqchi edi

Tibo Kurtua terma jamoalar tanaffusidan keyingi ilk o'yinida "Real" asosiy tarkibida o'ynashi kerak edi.

.
- Yuklab olish

Tibo Kurtua terma jamoalar tanaffusidan keyingi ilk o'yinida "Real" asosiy tarkibida o'ynashi kerak edi.

31 yoshli belgiyalik darvozabon mavsum boshida xoch bog'lamidan jarohat olib, o'shandan beri maydonga tushmadi.

Uning tiklanishi so'nggi bosqichda edi, biroq 19 mart kuni Tibo “Real Madrid” mashg'ulotlari vaqtida boshqa tizzasidagi meniskni yirtib oldi va endi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko'ra, Kurtua terma jamoadagi tanaffusdan so'ng darhol "Real"ning asosiy tarkibiga qaytishi kutilgandi.

31 mart kuni "Real" La Liganing 30-turida "Atletik" bilan o'z uyida o'ynaydi, darvozabon esa murabbiy Karlo Anchelotti bilan o'yindagi ishtirokni muhokama qilgandi.

Italiyalik mutaxassis Andrey Luninga ishonadi, biroq Kurtuaning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarib, Madriddagi "Siti" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorligini sinab ko'rmoqchi edi.

BestMaster
22 Mart 2024, 06:00
kurtua, mart, kuni, maydonga, qaytmoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads