Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng fidoyi futbolchilar Bundesligada

CIES Football Observatory (Xalqaro sport tad­qiqotlari markazi) Evropaning eng sara 5ta milliy ligasiga qarab, eng fidoyi futbolchilar reytingini shakllantirdi.

.
- Yuklab olish

Evropaning top-5 ligasi: Muayyan klubga bog'langan futbolchilar...

CIES Football Observatory (Xalqaro sport tad­qiqotlari markazi) Evropaning eng sara 5ta milliy ligasiga qarab, eng fidoyi futbolchilar reytingini shakllantirdi. Tushunarliki, bunda uzoq vaqtdan buyon 1ta klub bayrog'i ostida to'p surayotgan futbolchilarga e'tibor qaratilgan. Xo'sh, hozirda kimlarni sadoqat namunasi sifatida ko'rsatish mumkin?

«Bavariya»ning tolmas hujumchisi Tomas Myuller fidoyi futbolchilar reytingida pesh­qadamlardan biri. 34 yoshli faxriy naq 16 mavsumdan buyon Myunxen klubi bilan birga. Reyting­-ning 2-pog'onasida qayd etilgan futbolchi ham Bundesligadan - Menxen­gladbax «Borussiya»si himoyachisi Toni Yanchke. Ya'ni uning fidoyilik seriyasi  ham 16 mavsumga teng. Faqat shunisi borki, Toni «Bavariya» vakilidan biroz yoshroq. Evropa futbol markazi (top-5 liga)da 15 mavsumdan buyon 1ta klubga xizmat qilayotganlar soni 3 nafar bo'lsa, ulardan ikkisi «Atletik»da: Iker Muniain va Oskar de Markos. Shuningdek, «Atletiko» faxri Kokening «matraschilar» formasini kiyganiga ham shuncha bo'ldi.

Umuman, eng fidoyi 10 nafar futbolchi taqsimotiga qarasak, Ispaniya va Germaniyada faxriylarni o'zgacha qadrlashlari ayon bo'ladi: La Liga - 5 nafar, Bundesliga - 4 nafar, APL - 1 nafar. Demak, hozirgi holatda eng sadoqatli 10 nafar futbolchi orasida «A» seriya (Italiya) va Liga 1 (Frantsiya)dan vakil yo'q.

BestMaster
17 Mart 2024, 11:00
fidoyi, futbolchilar, bundesligada,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads