Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Vinisius dublga erishib, Valverde 3 ta assist qayd etgan o'yinda «Real» g'alabani qo'lga kiritdi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Vinisius Junior 4-daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib mezbonlar Budimir tomonidan urilgan gol evaziga muvozanatnik tiklashdi.

Dani Karvaxal 18-daqiqada "Real"ni yana oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida Brahim Dias va Vinisius ikkita gol urib, hisobni yirik ko'rinishga keltirishdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar boshlangan paytda "Osasuna" hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.

"Real" ushbu g'alabadan so'ng 72 ochko bilan 2-o'rindagi "Jirona" bilan farqni 10 ochkoga etkazdi.

Ispaniya La ligasi, 29-tur
Osasuna – Real Madrid 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 4 Vinisius Junior, 1:1 – 7 Budimir, 1:2 – 18 Karvaxal, 1:3 – 61 Braim Dias, 1:4 – 64 Vinisius Junior, 2:4 – 90+1 Munos.
Osasuna – Errera, Areso, Unai Garsiya, Katena (Munos, 70), Errando (Xuan Krus, 79), Moxika, Moyses Gomes (Raul Garsiya, 70), Torro, Monkayola, Arnais (Ruben Garsiya, 69), Budimir (Ibanes, 70).
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Tchuameni, Mendi (Fran Garsiya, 85), Kroos (Vaskes, 77), Valverde, Kamavinga (Nacho, 72), Braim Dias (Modrich, 72), Vinisius Junior (Gyuler, 85), Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Errando (31), Vinisius Junior (44), Kamavinga (53), Torro (55), Unai Garsiya (63).

BestMaster
16 Mart 2024, 23:00
liga, vinisius, dublga, erishib, valverde, assist, qayd, etgan, oyinda, «real», galabani, qolga, kiritdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads