Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Chorak final, yarim final va final qur'asi haqida

Evropa chempionlar ligasining keyingi bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi ertaga — 15 mart kuni bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining keyingi bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi ertaga — 15 mart kuni bo'lib o'tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi.

Musobaqa chorak finaliga quyidagi jamoalar etib keldi:

"Arsenal" (Angliya)
"Atletiko" (Ispaniya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Barselona" (Ispaniya)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Pari Sen-Jermen" (Frantsiya)
"Real" (Ispaniya)

Cheklovlar bormi? Hech qanday cheklov yo'q.

— Jamoalar savatga ajratilmaydi.
— Bir mamlakat jamoalari o'zaro to'qnash kelishi mumkin.
— Bir guruhda o'ynagan klublar o'zaro to'qnash kelishi mumkin.

Qur'a mexanizmi

Qur'a "ko'r-ko'rona" printsipi asosida o'tkaziladi. Barcha 8 jamoa bir savatga solinadi. Birinchi chiqqan jamoa ikkinchi jamoa bilan, uchinchi jamoa to'rtinchisi bilan to'qnash keladi. Vo hokazo.

Yarim final qur'asi

Boshqa savatga 4 ta shar solinadi:
— 1-juftlik g'olibi;
— 2-juftlik g'olibi;
— 3-juftlik g'olibi;
— 4-juftlik g'olibi;

Birinchi va ikkinchi chiqqan juftliklar hamda uchinchi va to'rtinchi juftliklar yarim finalda o'zaro juftlik hosil qiladi.

Yakunda finaldagi nominal mezbonni aniqlash uchun qur'a o'tkaziladi.

Taqvim
Chorak final o'yinlari —9/10 va 16/17 aprel kunlari
Yarim final o'yinlari — 30 aprel/1 may va 7/8 may kunlari.

Final 1 iyun kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

BestMaster
14 Mart 2024, 08:00
chorak, final, yarim, final, final, qurasi, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads