Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Edegor: "Real"ni tark etaman deb o'ylamagandim"

Chempionlar ligasi doirasidagi "Arsenal" va "Portu" o'rtasidagi javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Edegor "Real"da o'tgan vaqtini esladi.

.
- Yuklab olish

Chempionlar ligasi doirasidagi "Arsenal" va "Portu" o'rtasidagi javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Edegor "Real"da o'tgan vaqtini esladi:

"Madrid uchun muhim o'yinchiga aylanishimga ishonchim komil edi. Bu jamoa bilan Chempionlar ligasida eng yaxshi o'yinlarni o'tkazib, ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishimga ishongandim.

Ammo hayotdagi kabi futbolda ham vaziyatlar har doim ham sizning foydangizga hal bo'lavermaydi. "Madrid"da o'ynaganimda, hatto boshqa jamoaga ijaraga bo'lsa ham, ketish niyatim yo'q edi. Men "Real"ni tark etaman deb o'ylamagandim, lekin bu futbol", dedi Edegor.

Martin "qirollik klubi"ga 2015 yilda kelib qo'shilgan, biroq asosiy jamoa tarkibida bor yo'g'i 11 ta o'yinda maydonga tushgan.

Norvegiyalik futbolchi "Kastilya"da ko'proq o'ynadi - 62 ta o'yinda u 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

BestMaster
13 Mart 2024, 00:00
edegor, realni, tark, etaman, oylamagandim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads