Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldo: "Mbappe "Real"ga o'tsa "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi"

Braziliyalik Ronaldoning fikricha, Kilian Mbappe "Real"ga o'tishi kerak.

.
- Yuklab olish

Braziliyalik Ronaldoning fikricha, Kilian Mbappe "Real"ga o'tishi kerak.

"Tafsilotlarga kirishdan oldin rasmiy e'lonni kutishimiz kerak, ammo Madridda hamma buni intiqlik bilan kutmoqda. U ajoyib futbolchi. U ayni damda eng yaxshilardan biriga aylanadi.

O'ylaymanki, agar u "Real"ga o'tsa, juda yaxshi tanlov qiladi. O'ylaymanki, u "Real"ga o'tib, "Oltin to'p"ni oladi.

To'liq haqiqatni bilmayman, lekin odamlar uning "PSJ"dagi holatini muhokama qilishmoqda. Albatta, "Real Madrid"da uning har bir qarorini qo'llab-quvvatlaydigan, uni maydonda ham, maydon tashqarisida ham qo'llab-quvvatlaydigan jamoa bo'ladi. Ular uni himoya qiladilar. Lekin menimcha, u "PSJ"da juda yaxshi vaqt o'tkazdi.

Albatta, "PSJ" uni saqlab qolishga harakat qildi, u loyihaning asosiy yulduzi edi. Ammo ko'ramiz Mbappe "Real"da nima qila oladi. Bir narsa aniq: kelgusi yillarda biz Kilianning o'yinidan ko'proq zavq olamiz", - dedi Madridning sobiq hujumchisi.

BestMaster
11 Mart 2024, 22:00
ronaldo, mbappe, realga, otsa, oltin, topni, qolga, kiritadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads