Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rakitich: "Real" La Ligani, "Barselona" EChLni qo'lga kiritadi

Ar-Riyodning "Ash-Shabab" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Saudiya Arabistoni Pro-ligasi va Evropa chempionatida kim g'olib chiqishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

Ar-Riyodning "Ash-Shabab" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Saudiya Arabistoni Pro-ligasi va Evropa chempionatida kim g'olib chiqishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- La Ligani kim yutadi?
- Hech qanday shubha yo'q - "Real Madrid".

- Chempionlar ligasi?
- "Barselona".

- Saudiya Arabistoni Pro ligasida kim g'olib chiqadi?
- "Al-Hilol".

- Evropa ligasi? Ammo ehtiyot bo'ling, "Sevilya" u erda emas...
- Menimcha, "Bayer".

- Evropa chempionati g'olibi sifatida kimni ko'rasiz?
- Buni aytish juda qiyin, ammo Xorvatiya" - dedi Rakitich.

Ispaniya chempionati turnir jadvalida 66 ochko bilan “Real Madrid” peshqadamlik qilmoqda. "Galaktikos" Chempionlar ligasining 1/8 finaliga ham yo'l oldi.

Saudiya Arabistoni chempionatida 65 ochko jamg'argan “Al-Hilol” klubi etakchilik qilmoqda.

Evropa ligasi 1/8 finalining ilk o'yinida “Bayer” “Qorabog'” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Xorvatiya terma jamoasi Evropa chempionati final bosqichida Italiya, Ispaniya va Albaniya terma jamoalari bilan birga “B” guruhidan joy oldi.

BestMaster
11 Mart 2024, 15:00
rakitich, real, ligani, barselona, echlni, qolga, kiritadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads