Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti bu masaladan hayratda qoldi

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti muammoga duch keldi.

Prokuratura italiyalik mutaxassisni moliyaviy qoidabuzarlik uchun salkam besh yillik qamoq jazosiga hukm qiladi.

Prokurorlarning ta'kidlashicha, Anchelotti 2014 va 2015-yillarda imidj huquqlaridan taxminan 1,25 va 2,96 million evro ishlab topgan.

Biroq italiyalik bu daromadni soliq deklaratsiyasiga kiritmagan.

El Chiringuito telekanalida jurnalist Edu Agirre Anchelottining ayblovlarga munosabati haqida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, italiyalik soliq firibgarligi uchun unga to'rt yilu to'qqiz oy qamoq jazosi so'ralgani haqidagi xabarga xotirjam munosabat bildirgan.

Shu bilan birga, Anchelotti ayblovlardan hayratda qolgani qayd etilgan. Murabbiyning fikricha, u hech qanday noqonuniy ish qilmagan. "Real Madrid" ustozi advokatlari allaqachon bu masala ustida ishlamoqda.

BestMaster
6 Mart 2024, 19:00
anchelotti, masaladan, hayratda, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads