Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Olmo: "Real"ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishga tayyorlayapmiz"

.
- Yuklab olish

Dani Olmo Chempionlar ligasida "Real" bilan o'yindan oldingi umidlari bilan o'rtoqlashdi.

Ertaga "RB Leyptsig" va "Real Madrid" jamoalari Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvini "Santyago Bernabeu"da o'tkazadi.

Birinchi o'yin 1:0 hisobida madridliklarning g'alabasi bilan yakunlangan edi.

"Bernabeu"da Chempionlar ligasi pley-off bosqichida o'ynash... Bu qiyin bo'ladi. U erda Chempionlar ligasi kechalari o'zgacha o'tgan va g'alaba qozonish yo'lida kuchli motivatsiya bor.

Biz o'zimizni "Real"ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishga tayyorlayapmiz. Bu ajoyib o'yin, ajoyib stadion va bizda imkoniyat bor.

"Bernabeu"dagi o'yin rejamiz haqida hech qanday ma'lumot bermoqchi emasman, ammo bizni mavsum davomida kuzatib borganlar qanday o'ynashimiz haqida tasavvurga ega bo'lishadi.

Biz katta o'zgarishlarni rejalashtirmayapmiz. Biz "Bernabeu"da butunlay boshqacha o'yin bo'lishini kutmoqdamiz, biroq biz ularga birinchi o'yindayoq muammo tug'dirgan edik. Hech bo'lmaganda bitta gol urib, keyin gol o'tkazib yubormaslikka harakat qilamiz", – dedi Olmo.

BestMaster
5 Mart 2024, 21:00
realni, chempionlar, ligasidan, chiqarib, yuborishga, tayyorlayapmiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads