Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

500 lik dovondan o'tish uchun kimga nechta o'yin kerak bo'ldi? Messi va Ronaldu o'rtasidagi solishtiruv...

Lionel Messi klublar miqyosidagi faoliyati davomida 500 ta gol urdi, xo'sh argentinalik forvard Krishtianu Ronaldu bilan solishtirganda muhim ko'rsatkichga erishish uchun qancha vaqt kerak bo'ldi?

.
- Yuklab olish

Lionel Messi klublar miqyosidagi faoliyati davomida 500 ta gol urdi, xo'sh argentinalik forvard Krishtianu Ronaldu bilan solishtirganda muhim ko'rsatkichga erishish uchun qancha vaqt kerak bo'ldi?

Dunyo futboli olamida sanoqli futbolchilargina klublardagi faoliyati davomida 500 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Albatta, Messining chempionatlardagi gollarining aksariyati Evropada «Barselona» va PSJdagi faoliyati davomida kiritilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, «Barselona»da 474 ta gol, PSJda 22 ta, so'nggi to'rtta gol esa "Inter Mayami"dagi faoliyatiga tegishli.

Messi helps Barcelona clinch Spanish league title

36 yoshli futbolchi dam olish kunlari “Orlando Siti”ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va bu ikki gol uni 500-golli marraga olib keldi.

Messi uchun vaziyat yanada zavqli bo'lgani Luis Suares argentinalikning 500-goliga assistentlik qilgani bo'ldi. Urugvaylik forvard chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi va Messi o'z vaqtida boshi bilan zarba yo'lladi va darvozani ishg'ol qldi.

MLS Lionel Messi, Luis Suarez rekindle Barca magic as Inter Miami rout  Orlando City - India Today

Umumiy vaziyatga ko'ra, 36 yoshli futbolchi MLSda har 90 daqiqada o'rtacha gol urmoqda. Agar u hozir va mavsum oxirigacha ushbu stabillikni saqlab qolsa, mavsum yakunida o'z hisobiga yana 34 ta gol yozdirib qo'yishi mumkin.

Bir yildan ko'proq vaqt oldin, Ronaldu klublardagi gollari sonini 500 taga etkizib qo'ya oldi. Messi singari, Ronaldu gollarining asosiy qismi Evropadagi faoliyatiga to'g'ri keldi, ammo uning 500-golli zarbasi «Al-Nassr»da o'ynaganida sodir bo'ldi.

Portugaliyalik superyulduz 2023 yilning 9 fevralida o'zining chempionatlardagi 500-golini urdi. U «Al-Nassr»ning «Al-Vehda»ga qarshi o'yinida (4:0) ajoyib natija qayd etdi, o'sha o'yinda to'rtta golni Ronalduning o'zi kiritdi.

Ronaldo Mengamuk Cetak 4 Gol, Al Nassr Bantai Al Wahda - Gentra Priangan

O'tgan yili muhim ko'rsatkichga erishganidan beri, 39 yoshli futbolchi o'z hisobiga qo'shishda davom etdi va endi o'zining yorqin faoliyati davomida chempionatlardagi jami 534 golga ega.

Ronalduning dastlabki 500 ta golidan 311 tasi «Real», 103 tasi "Manchester Yunayted"da, 81 tasi «Yuventus»ga, 3 tasi «Sporting» va oxirgi ikkita gol «Al-Nassr»dagi faoliyatiga to'g'ri kelgan.

Real Madrid : l'immortel Cristiano Ronaldo passe le mur du 100

Biz ikkala o'yinchini ham o'yinlarini yaqindan hisoblab chiqdik va ikkalasiga ligada 500 ta gol urish uchun qancha vaqt ketganini solishtirdik.

Leo Messi

Klublar safida 500 ta golga erishish uchun o'yinlar: 587

-G'alaba: 428

-Durang: 98

-Mag'lubiyat: 61.

 

-Penaltilar: 60

-Jarima zarbalari: 41

-Jarima maydoni tashqarisidan: 52

 

-Chap oyoqda: 415

-O'ng oyoqda: 66

-Bosh bilan: 17

-Tananing boshqa qismi bilan: 2

 

-Assistlar: 225.

 

-Bir gol uchun daqiqa: 95,58

-Penaltisiz gol uchun daqiqalar: 108,6

 

Krishtianu Ronaldu

Klublar safida 500 ta golga erishish uchun o'yinlar: 654

-G'alaba: 450

-Durang: 112

-Mag'lubiyat: 92.

 

-Penaltilar: 99

-Jarima zarbalari: 33

-Jarima maydoni tashqarisidan: 37

 

-Chap oyoqda: 88

-O'ng oyoqda: 331

-Bosh bilan: 79

-Tananing boshqa qismi bilan: 2.

 

-Assistlar: 144.

 

-Bir gol uchun daqiqa: 104,2

-Penaltisiz gol uchun daqiqalar: 130.06.

alt=

BestMaster
4 Mart 2024, 09:00
dovondan, otish, uchun, kimga, nechta, oyin, kerak, boldi?, messi, ronaldu, ortasidagi, solishtiruv,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads