Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kanisares: "Kurtua tiklansa dunyoda unga teng keladigan darvozabon topilmaydi"

Santyago Kanisaresning aytishicha, Tibo Kurtua dunyoning eng yaxshi darvozaboni.

.
- Yuklab olish

Santyago Kanisaresning aytishicha, Tibo Kurtua dunyoning eng yaxshi darvozaboni.

- Kurtua qaytgach, Lunin yana soyada qoladi. Balki u boshqa jamoaga borishi kerakmi?

- Kurtua, shubhasiz, dunyoning eng yaxshi darvozaboni. U Madridning qahramoni va afsonasi, ayniqsa Chempionlar Ligasi finalida "Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin. U men ko'rgan eng yaxshi darvozabon bo'lishi mumkin. Biroq, u og'ir jarohatdan qaytmoqda va uning uchun asosiysi to'liq tiklanish, shunda u yana 100 foiz formada bo'ladi.

Bu vaqt talab etadi, lekin hozircha Lunin xotirjam bo'lishi kerak. Belgiyalik posbon to'liq formada bo'lsa, uning saviyasiga dunyoda hech kimning saviyasi tenglasha olmaydi, darvozani qo'riqlash bo'yicha ham unga teng keladigani bo'lmaydi. Ayni damda Lunin bir qarorga kelishi kerak.

- Lunin sizni ajablantirdimi?

- Ha, biz ajoyib qobiliyat va yorqin xarakterga ega darvozabonni kashf qildik. Madridda darvozabon bo'lish, ayniqsa, aqliy darajada ko'p narsani talab qiladi va u buni ajoyib tarzda amalga oshiradi", - deydi "Valensiya" va "Real" sobiq darvozaboni Santyago Kanisares.

BestMaster
3 Mart 2024, 10:00
kanisares, kurtua, tiklansa, dunyoda, unga, teng, keladigan, darvozabon, topilmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads