Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappening ukasi "Real"ga kerakmi?

Yaqinda Kilian Mbappe Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Tani va “PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan kechki ovqatlandi. 

.
- Yuklab olish

Yaqinda Kilian Mbappe Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Tani va “PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan kechki ovqatlandi. Mahalliy OAV xabariga ko'ra, hujumchi uchrashuv davomida o'z kelajagi borasida hali bir qarorga kelmaganini aytgan. Lekin hammaga ma'lumki, barcha yo'llar Mbappeni Madridga olib boradi.

El Chiringuito TV efirida aytilishicha Kilianning onasi uning 17 yoshli ukasi Etan Mbappeni ham o'zini bilan olib ketishni so'ragan. Klub rahbariyati esa bunga ruxsat bergan. Bugun esa Mbappening ukasi “Real”ga qay darajada mos kelishini ko'rib chiqamiz.

Etan haqiqatan ham iste'dodli. U markaziy va ba'zan tayanch yarim himoyachisi sifatida ham o'ynaydi. Etan 15 yoshida "PSJ" safida debyut qilgan: u JCh-2022 doirasida parijliklarning o'rtoqlik uchrashuvida (2:1) zaxiradan maydonga tushgan va hattoki hal qiluvchi golga mualliflik qilgandi.

Etan 53 ming kishilik kichik shaharchada katta bo'lgan va "Bondi" akademiyasida futbol o'ynashni boshlagan. Aka-uka Mbappelarning otasi Uilfrid mahalliy klubga 20 yildan ortiq murabbiylik qilgan va ikkala o'g'lini bir vaqtning o'zida u erga yuborgan.

2017 yilning yozida “PSJ” Kilian uchun 180 million evroni ayamagandi. O'shanda uning safiga 11 yoshli Etan ham kiritilgan edi. U 13 yoshlilar jamoasida o'ynagan va kattalar guruhida o'ynash tendentsiyaga aylangan: 14 yoshida u allaqachon U-17 jamoasida edi va 15 o'yinda to'rtta gol urdi, U-19da esa 26 o'yinda 3+3 natijaga erishgan.

Bu mavsumda kichik Mbappe “PSJ” U-19 tarkibida o'ynashda davom etmoqda va uning statistikasi yanada quvnoq ko'rinadi. 22 uchrashuvda 5+4. Lekin asosiysi, u kattalar jamoasi safida ikki marta Frantsiya kubogi rasmiy o'yinlarida maydonga tushdi. Hozircha uning transfer narxi 500 ming evroni tashkil etadi, ammo yangi klubga o'tish buni, albatta, yaxshilaydi.

Etan birinchi marta 2022 yil oktyabr oyida asosiy tarkibga jalb qilingan. Bunga sababchi esa Kristof Galte edi. Uning asosiy xususiyatlari to'pni a'lo darajada boshqarish, maydonni a'lo darajada ko'rish va yuqori texnik qobilyatdir.

“Menga Etan va uning mashg'ulotlari yoqadi. U juda qiziq o'yinchi, o'ziga xos xususiyatga ega. Bu klubning kelajagi. Uning ko'plab ijobiy fazilatlari va ajoyib futbol zakovati bor”, - dedi Luis Enrike yosh yarim himoyachi haqida.

2021 yilning yozida Etan parijliklar bilan uch yillik yoshlar shartnomasini imzoladi va u tez orada tugaydi. 2023 yil dekabr oyida tomonlar to'liq kattalar shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib borishdi, ammo ular to'xtab qoldi. Sababi "Real Madrid" bilan bog'liq variant.

Intervyulardan birida Kilian Ethan unga o'zining gol nishonlash usulini o'rgatganini aytgan: "U pleysteyshn o'ynaganimizda gollarni shunday nishonlar edi. Menga yoqdi bu harakatlar yoqqan va maydonda buni takrorladim. Biz u bilan do'stmiz, u kelajagi buyuk futbolchi. “Monako”da o'ynaganimda va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqqanimizda, Etan meni maydonga kuzatib chiqmoqchiligini aytdi. Oxiri rozi bo'ldim va bu haqda klubdan so'radim. Bu uning uchun ajoyib, baxtli on edi. O'shanda “Yuventus”ga yutqazganimiz achinarli”.

Endi esa uka nafaqat akani maydonga etaklab chiqadi, balki uning yonida oq futbolkada o'ynaydi. Albatta, u darhol asosiy o'yinchiga aylanmaydi, lekin u bir necha daqiqalarga ega bo'lishi aniq. Va familiyani iloji boricha oqlash kerak bo'ladi, aks holda nepotizm haqida mish-mishlar yana-da barq uradi.

BestMaster
1 Mart 2024, 17:00
mbappening, ukasi, realga, kerakmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads