Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe Ramos bilan "Real"ga o'tishni muhokama qilgan

Serxio Ramos Kilian Mbappega "Real"ga o'tishidan oldin yordam beradi.

.
- Yuklab olish

Serxio Ramos Kilian Mbappega "Real"ga o'tishidan oldin yordam beradi.

Erkin agent sifatida "Real"ga o'tish foydasiga "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan hujumchi bir necha hafta davomida Madridga o'tishga tayyorgarlik ko'rdi.

L'Équipe nashri xabariga ko'ra, Mbappe Serxio Ramos bilan aloqada bo'lib, u bilan "PSJ"da ikki yil birga o'ynagan. Kilian hozirda "Sevilya"da o'ynayotgan himoyachi bilan "Real"ga o'tishni muhokama qilgan. Bundan tashqari, Ramos Mbappega Madriddan uy topishga yordam berdi.

Qayd etilishicha, Serxio Madridda bir nechta uylarga ega va ulardan birini Kilianga sotishi mumkin.

Mbappening onasi Fayza Lamari o'g'li uchun uy izlash uchun Madridga kelgani avvalroq xabar qilingandi.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumda "PSJ" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

BestMaster
1 Mart 2024, 16:00
mbappe, ramos, bilan, realga, otishni, muhokama, qilgan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads