Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Yo'qotilgan ochkolar sabab havotirda emasmiz, sababi mavsum uzoq

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Betis"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng matbuot-anjumanida qatnashdi.

"Biz bugungi o'yinni qayta ko'rib chiqamiz. Uchrashuv davomida 26 yoki 27 bor zarba berdik, biroq har safar to'p darvozaga kirishni istamadi. Bu futbol. Bahsni yaxshi o'tkazdik deya olmayman, sababi gol kirita olmadik. Shuningdek uchrashuv biz uchun yomon o'tdi deb ham aytolmayman. O'tgan mavsum ham shunday holatga tushgan edik. Yakunda esa hammasini o'nglashga va g'alabalarni qo'lga kiritishga erishganmiz. To'g'ri, uyda 3 uchrashuvda 9 ochkolik imkoniyatdan 2 ochkogina jamg'ardik. Biroq bu bilan hali hech narsa yutqazmadik. Xotirjamlikni saqlagan holda ishlashda davom etamiz".

"Mavsum startini yomon boshladik va 7 ochko yo'qotib ulgurdik. Biroq mavsum uzoq va yakunga qadar hali ko'plab uchrashuvlar bor. Mavsum davomida istalgan jamoa 3-4 uchrashuvda ochko yo'qotadi, bu normal holat. Biz navbatdagi uchrashuvlarda g'alabali seriyamizga qaytishga harakat qilamiz, jumladan uydagi uchrashuvlarda ham", - dedi Zidan.

RealBlancos

BestMaster
21 Sentabr 2017, 19:00
zidan, yoqotilgan, ochkolar, sabab, havotirda, emasmiz, sababi, mavsum, uzoq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
jakk
 jakk  
hozir yutmasak qachon yutamiz?
21 Sentabr 2017, 19:10
ferinand
 ferinand  
Men Zidanni gapiga q6shilaman xali xammasi oldinda
21 Sentabr 2017, 20:18
 rmafanat  
Zidan buyuk murabi hali uchrashuvlar oldinda biz sen bilan REAL
21 Sentabr 2017, 20:44
 adsqwe  
Yaxwi ot keyin chopadi. Real olg'a !!!!!!!
22 Sentabr 2017, 10:43
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads