Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ryudiger Lempard qo'l ostidagi damlarini yodga oldi

Antonio Ryudiger Frank Lempard qo'l ostida "Chelsi"dagi faoliyati haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

Antonio Ryudiger Frank Lempard qo'l ostida "Chelsi"dagi faoliyati haqida gapirdi.

Lempard "ko'klar"ni 2019 yildan 2021 yilgacha jamoani boshqargan. Lempard qo'l ostida Ryudiger asosiy tarkib futbolchisi maqomini yo'qotgandi.

"To'g'risini aytsam, o'shanda nima bo'lganini ayta olmayman. Bu futbolning bir qismi. Balki Lempardning boshqa g'oyalari bo'lgandir yoki u boshqa o'yinchilarni mendan yaxshiroq deb o'ylagandir. Lekin futbolning yaxshi tomoni shundaki, siz maydonda javob beriingiz kerak, menimcha, mukammal javob berdim.

Faoliyatimda bunaqa narsa bo'lmagan. Lempardning faoliyati oxirida men hatto o'ynadim. Men shuni aytaman: agar biror nuqtada biror narsa ishlamasa, u endi ishlamaydi. Lekin dunyoda bironta futbolchi ataylab mag'lub bo'lmaydi.

Men ketishni juda xohlardim. "PSJ"ga o'tishni xohlardim, bu mening xohishim edi", — dedi germaniyalik himoyachi.

Ryudigerning ta'kidlashicha, u "halol odam" deb atagan murabbiy Tomas Tuxel tufayli Parij klubiga o'tishni xohlagan.

Nemis futbolchisi "PSJ"ga qo'shilmadi, ammo Lempard 2021 yilning yanvarida ishdan bo'shatilgach, Tuxel "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Uning qo'l ostida Ryudiger asosiy tarkibga qaytdi va 2022 yilning yozida "Real Madrid"ga o'tguncha jamoada qoldi.

BestMaster
25 Fevral 2024, 17:00
ryudiger, lempard, ostidagi, damlarini, yodga, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads