Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» yana bir gigant transferni tayyorlamoqda

«Real» faqatgina Kilian Mbappening transferi bilan cheklanmoqchi emas.

.
- Yuklab olish

«Real» faqatgina Kilian Mbappening transferi bilan cheklanmoqchi emas. "Qirollik klubi" «PSJ»ning yana bir futbolchisiga ko'z tikmoqda.

Madridliklar Ashraf Hakimiyni ham ortga qaytarish borasida ish boshlab yuborgan. Ammo "Real" bu ishni 2024 yilda emas, 2025 yilning yozida amalga oshirmoqchi. Chunki marokashlik futbolchining "Pari Sen-Jermen" bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Natijada Ashraf "Santyago Bernabeu"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.

Xabaringiz bor, Ashraf Hakimiy "Real" safida faoliyat yuritgan. 2020 yilda esa 43 million evro evaziga «Inter»ga sotilgandi.

Hozir u Luis Enrike boshqaruvidagi jamoada muhim rol o'ynamoqda. O'ng qanot himoyachisi joriy mavsumda 25 ta o'yinda ishtirok etib, 4 gol va 5 assist muallifiga aylandi.

"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, «Real» yoshi o'tib borayotgan Dani Karvaxalning o'rnini aynan Hakimiy munosib to'ldira olishiga ishonmoqda. Manbaga ko'ra, Ashrafning o'zi ham Madridga qaytishga qarshi emas.

Transfermarkt portali marokashlik himoyachini 65 million evroga baholagan.

BestMaster
25 Fevral 2024, 16:00
«real», yana, gigant, transferni, tayyorlamoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads