Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «To'p raqib darvozasiga kirishni istamadi»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«To'p raqib darvozasiga kirishni istamagani — yomon, ammo bu futbol, shunaqasi ham bo'lib turadi. Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik, deya olmayman, ammo yomon o'ynadik, deyishga ham til bormaydi. Biz ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarini yaxshi o'tkazdik, ammo keyinchalik shosha boshladik.

Bizda 26 yoki 27ta golli vaziyat bo'ldi, ammo o'z stadionimizda omadimiz kelmadi. Menga «xotirjamlik» so'zi yoqadi. Biz uni saqlab qolishimiz kerak. Biz xotirjam bo'lamiz.

Chempionatning starti haqida to'xtaladigan bo'lsam, buni qabul qilishga majburmiz. O'z uyimizda etarlicha yaxshi o'ynay olmayapmiz. Bunday bo'ladi, deb o'ylamagandik. Endi hech narsani o'zgartira olmaymiz. Lekin keyingi o'yindan boshlab vaziyatni o'zgartirishga harakat qilamiz. G'alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz. Shuningdek, o'z uyimizda o'tkazadigan keyingi o'yinda ham g'alaba qozonishga intilamiz.

Ronalduning o'yiniga nisbatan e'tirozim yo'q. Aksincha, diskvalifikatsiyadan keyin safimizga qaytganidan xursandmiz.

Men hech narsadan afsuslanmayman, men hamisha g'alaba qozonishni istayman. Futbolchilarchilarni turlicha almashtirishim mumkin, ammo maqsad o'zgarmas bo'lib qoladi — g'alaba», — dedi Zidan.

BestMaster
21 Sentabr 2017, 08:00
zidan, «top, raqib, darvozasiga, kirishni, istamadi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads