Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Betis» «Real»ning betiga «tarsaki» tushirdi

Ispaniya chempionatining 5-turida kutilmagan natija qayd etildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 5-turida kutilmagan natija qayd etildi. "Real" ushbu mavsumda o'z uyida o'tkazgan uchinchi o'yinda g'alaba qozona olmayapti. Madridliklar bu safar "Betis"ni nafaqat mag'lub eta olishmadi, balki alamli mag'lubiyatga ham uchrashdi. Boz ustiga, Zidan shogirdlari raqid darvozasini ishg'ol qila olmay, mazkur o'yinda qayd etilishi kerak bo'lgan jahon rekordini ham yangilay olishmadi. Golli seriya uzilib qoldi. Alamli, juda ham alamli.

Andalusiyaliklarga qoyil qolish kerak. Jamoa birinchi bo'limda "Real" bilan tengma-teng o'ynadi, hujumga hujum bilan javob berdi. To'g'ri, ba'zi vaziyatlarda "Madrid"ga omad etishmadi, ammo "Betis" jiddiy kurash olib bordi.

Ikkinchi bo'limda muxlislar hammasi joyiga tushishini kutishdi. Zidan jamoasining bosimi bahsning 70-80-daqiqalarga kelib o'zining eng yuqorisiga chiqdi. Ammo mehmonlar yaxshi himoyalanishdi, Antonio Adan o'z darvozasini mustahkam qo'riqladi. O'yinning so'nggi daqiqalarida mezbonlar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi, ammo qo'shib berilgan daqiqalarda qaqshatqich qarshi hujumni o'tkazib yuborishdi. Antonio Sanabriya o'z imkoniyatidan samarali foydalanib, "Betis" 3 ochko keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Darvoqe, diskvalifikatsiya muddatini o'tab, "Real" safiga qaytgan Krishtianu Ronaldu ham o'z jamoasiga yordam bera olmadi. Portugaliyalik futbolchi ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Uning zarbalaridan biri ustunga tegib qaytdi...

Ushbu g'alabadan keyin "Betis" o'z ochkolarini 9taga etkazdi ham "Real"ni 7-o'ringa tushirgan holda, o'zi 6-pog'onaga joylashib oldi. Zidan jamoasi endi peshqadam "Barselona"dan naq 7 ochkoga ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 5-tur
"REAL MADRID" - "BETIS" 0:1 (0:0)
Gol: Antonio Sanabriya 90+4' (0-1).
«Real Madrid» (Zayniddin Zidan): Keylor Navas – Dani Karvaxal, Rafael Varan, Serxio Ramos, Marselo (Lukas Vaskes 71') – Kazemiro, Luka Modrich (Borxa Mayoral 72'), Toni Kroos, Isko (Marko Asensio 67') – Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu.
«Betis» (Kike Seten): Antonio Adan – Antonio Barragan, Aissa Mandi, Zuxair Feddal, Riza Durmisi – Viktor Kamarasa (Andres Guardado 44'), Xavi Garsiya, Fabian Ruis (Xoakin Sanches 79') – Fransis Gerrero (Riad Budebuz 61'), Kristian Telo, Antonio Sanabriya.
Hakam: Mateu Laos.
Ogohlantirishlar: yo'q — Kristian Telo 36', Aissa Mandi 38', Zuxair Feddal 58'.
2017 yil 20 sentyabr. Madrid. «Santyago Bernabeu».

BestMaster
21 Sentabr 2017, 06:40
«betis», «real»ning, betiga, «tarsaki», tushirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads