Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe «Real»ga o'tsa, qaysi pozitsiyada o'ynaydi?

Mbappe «Real»ga nega kerakligini hozircha tushunmayman.

.
- Yuklab olish

Mbappe «Real»ga nega kerakligini hozircha tushunmayman.

Markazda o'ynolmaydi, aniq, markaziy hujumchi to'psiz sabr qilishni bilishi kerak, Mbappe unaqa emas, u doim voqea markazida bo'lishni, har hujumda ishtirok etishni yoqtiradi. U uchun optimal pozitsiya - Vinisiusning o'rni.

Vinisius Mbappega o'xshab ketadi, ammo uning o'ng qanotda qanaqa o'ynashini tasavvur qilolmayman. Mbappe o'ngda o'ynashi mumkin, ammo erkin rolda, istagan paytda markazga o'tish sharti bilan - Neymar bilan birga o'ynagani singari.

Katta ehtimol Rodrigo pand eydi, chunki, Mbappe - Vini - Rodrigoga maydonning uchinchi qismi torlik qiladi. Agar Bellingemga ham u er yoqishini inobatga olsak, dahshat.

Shuning uchun ham, menimcha, Anchelotti bilan shartnoma uzaytirildi. Peres Mbappe haqida avvaldan bilgan. Undan boshqasi bu tarkibda Mbappega joy topib berolmaydi. Anchelotti eplaydi, aniq, ko'ramiz, faqat hozircha qanaqa qilib ekanini biz bilmaymiz. Hech kim bilmaydi.

Ronaldu 2016 yillarda, ya'ni tezligi kamayib, biroz oldingi ustunliklari pasayganda, yaqqol hujumchi emas, Benzema bilan tandemda o'ynay boshlagan. Benzema o'zini qurbon qilgan ham.

Mbappe hozir gurkiragan yoshda. Vinisius ham. Ayni paytda ikkoviyam o'ynashi kerak. Bilmadim, deyapmanku :).

PSJ bundanam kuchli edi. Bu tarkib Ispaniyada qirol bo'lishi mumkin, ammo pressing qila oladigan har qanday jamoaga yutqazadi.

Peres bir xatoni ikkinchi marta qilmoqda, manimcha. 2003 yilda oxirgi besh yilda uchta EChL yutgan jamoani Bekhem va Makelele rokirovkasi bilan buzib qo'ygan, shu bilan «Real» o'n yil turnir yarimfinalini ko'rmadi.

Hozir ham Mbappeni olib kelish futboldan ko'ra, printsipga o'xshaydi. Agar oqibatda Mbappe "Liverpul" yoki "Barselona"ga o'tsa, Peres o'zini kechirmaydi. Ikki yil oldin Vinisius bunaqa o'ynashni boshlamagandi, Bellingem yo'q edi. Bilmadim, Anchelottiga oson bo'lmaydi, xullas.

Qahramon Aslanov.

BestMaster
17 Fevral 2024, 10:00
mbappe, «real»ga, otsa, qaysi, pozitsiyada, oynaydi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads