Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mayoral "Real" uchun joriy mavsum gol kiritgan 10-Madridist

Yakshanba kuni "Real Sosedad" darvozasini ishg'ol etgan Madridliklar xujumchisi Borxa Mayoral "Real" uchun joriy mavsum gol kiritgan 10-Madridistga aylandi.

"Qirollik klubi" ushbu mavsum 8 ta uchrashuvda ishtirok etgan holda 19 ta gol kiritishga erishdilar va mazkur gollar "Real"ning 10 nafar a'zosi hisobiga yozildi. Ushbu mavsum hozircha 4 ta gol kiritgan Marko Asensio jamoa to'purari bo'lib turgan bo'lsa, diskvalifikatsiya sabab 8 uchrashuvning 5 tasida ishtirok eta olmagan Krishtianu Ronaldu 3 ta gol kiritishga erishgan. Bundan tashqari Casemiro hamda Beyl 2 tadan golga mualliflik qilgan bo'lsalar, Isko, Kroos, Vaskez, Ramos, Mayoral hamda Benzema bittadan gol kiritishga erishganlar. Shuningdek raqib a'zolaridan Pike ("Barselona") hamda Rodrigezlar ("Real Sosedad") "Qirollik klubi" hisobiga atalgan bittadan golni o'z darvozalariga kiritib qo'yganlar.

RealBlancos

BestMaster
20 Sentabr 2017, 09:45
mayoral, real, uchun, joriy, mavsum, kiritgan, 10-madridist,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads