Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"ning La Liga tarixidagi eng yaxshi to'purari mazkur turnirga qaytmoqda

Bugun "Qirollik klubi" La Ligadagi 5-uchrashuvini o'tkazadi va mazkur "Betis"ga qarshi bahsda jamoaning La Liga tarixidagi eng yaxshi goleadori Krishtianu Ronaldu yana ushbu musobaqadagi yurishini boshlaydi.

2009-yilning avgust oyida Ispaniya primerosida debyut qilgan va bugun ushbu turnirdagi 9-mavsumiga kirishadigan futbolchi "Real" safida La Liganing 265 ta uchrashuvida ishtirok etgan holda 286 ta! gol kiritishga erishgan. U mazkur musobaqadagi so'nggi 4 ta uchrashuvida 6 ta gol kiritish bilan birga 33-bor qo'lga kiritilgan mamlakat chempionligini taqdim etgan "Selta"ga qarshi bahsda hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgan.

Ronaldu La Ligadagi 8 mavsumida 3 bor eng yaxshi to'purar bo'lgan holda "Pichichi" sovrinini qo'lga kiritgan. U uchun La Ligadagi eng sermahsul mavsum 2014/15 bo'lib, o'sha mavsum CR7 48 ta gol kiritishga erishgan. Eng sevimli jamoasi esa undan 23 ta gol qabul qilib olgan "Sevilya" hisoblanadi.

RealBlancos

BestMaster
20 Sentabr 2017, 09:10
realning, liga, tarixidagi, yaxshi, topurari, mazkur, turnirga, qaytmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads