Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Kepa Arrisabalegaga qiziqmoqda

Madridning "Real" klubi rahbariyati "Atletik Bilbao" darvozaboni Kepa Arrisabalegaga qiziqmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti habar tarqatmoqda.

Hozirda jamoa rahbariyati 30 yoshli Keylor Navasning o'yinidan qoniqmayapti va uning o'rniga boshqa darvozabon izlash bilan band bo'lib turibdi. Asosiy nomzod sifatida qarab kelingan David De Xea transferining imkoniyati deyarli yopilgan va hozirda Tibo Kurtua, Janluiji Donnarumma hamda Bilbaoliklar posboni Arrisabalega nomzodlari ko'rib chiqilmoqda.

"Atletik" safidagi debyutini o'tgan mavsum nishonlagan 22 yoshli posbon allaqachon Ispaniya futbolining eng iqtidorli yoshlari safidan o'rin olgan va buni 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat Yevropa chempionati bahslari davomida terma jamoa safida isbotlashga erishgan. Arrisabaleganing "Atletik" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil yozoda o'z nihoyasiga yetadi. Shu sabab "Real" rahbariyati yanvar oyidayoq darvozabon bilan muzokaralarga kirishishni rejalashtirgan.

RealBlancos

BestMaster
20 Sentabr 2017, 08:50
kepa, arrisabalegaga, qiziqmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads