Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Agar akademiya samarador bo'lsa...

Akademiyasi ortidan eng ko'p pul topayotgan klublar: «Barselona» asosiy raqibi - «Real»dan ancha orqada, «Chelsi» kuchli beshlikda, «Benfika» esa etakchi.

.
- Yuklab olish

Akademiyasi ortidan eng ko'p pul topayotgan klublar: «Barselona» asosiy raqibi - «Real»dan ancha orqada, «Chelsi» kuchli beshlikda, «Benfika» esa etakchi.

Kuchli uchlikda yana «Ayaks» va «Lion» ham bor. CIES Football Observatory (Xalqaro sport tadqiqotlari markazi) dunyo futbolidagi eng serdaromad 100ta akademiya reytingini shakllantirdi. Bunda 15-21 yosh oralig'ida klub tizimida kamida 3 mavsum shug'ullangan futbolchilarning transfer summasi hisobga olingan. Shuningdek, ro'yxat oxirgi 10 yillik yuzasidan tuzilgan.

*** Umumiy jadvalda Portugaliya va Niderlandiya klublari etakchi rolida. Angliyadan esa birdaniga 3ta klub kuchli 10talikka kirdi. Reytingning yuqori qismida boshqa biror mamlakatdan shuncha jamoa yo'q. Umuman olganda, top-100 shaklidagi reytingda APLning 20ta ishtirokchisini ham ko'rish mumkin. La Liga va Liga 1 esa 11tadan klubga ega. Keyingi ko'rsatkichlar Italiya va Braziliya (9tadan klub), Argentina (8ta klub) hamda Germaniya (7ta klub) chempionatlariga tegishli.

*** Top-100da Ukraina («Shaxtyor» - 130 mln. evro, «Dinamo» K. - 82 mln. evro), Ekvador («Independente del Vale» - 86 mln. evro), Daniya («Kopengagen» - 81 mln.), Belgiya («Bryugge» - 72 mln. evro, «Standart» - 72 mln. evro), Shveytsariya («Bazel» - 70 mln. evro), Urugvay («Penyarol» - 68 mln. evro), Xorvatiya («Xayduk» - 62 mln. evro), Meksika («Pachuka» - 59 mln. evro), Polsha («Lex» - 59 mln. evro), Urugvay («Nasonal» - 56 mln. evro) va Serbiya («Partizan» - 55 mln. evro) mamlakatlari vakillari ham bor. Rossiya klublari esa reytingdan tashqarida.

*** Oxirgi 10 yillikda atigi 8ta klub 30 nafar yoki ko'proq tarbiyalanuvchisini sotgan. Transferlar soni bo'yicha «Ayaks» oldinda - 36 nafar. «Inter» va «Roma»da kelishuvlar soni 1ta kam, «Atalanta» 34ta, «Lion» 32ta, «Sporting» 31ta, «Benfika» va «River Pleyt» 30tadan transferni amalga oshirgan.

*** 2014-2018 yillar oralig'idagi ko'rsatkich bo'yicha peshqadam «Monako» (261 mln. evro) yaqin ta'qibchisi «Sporting» (189 mln. evro)dan yaqqol o'zib ketgandi. Buni tushunish qiyin emas - Frantsiya klubi o'sha oraliqda birgina Kilian Mbappe uchun 180 million evro olgandi.

*** 2019-2023 yillar ko'rsatkichi borasida esa «Benfika» yaqqol peshqadam (335 mln. evro). Keyingi yuqori natija «Chelsi»da - 307 mln. evro). Portugaliya jamoasi Ruben Diashni 71 «limon», Joau Felishni 127 «limon»ga sotgan bo'lsa, «Chelsi» Meyson Maunt uchun 64 million va Temmi Abraxam uchun 41 million olgan.

A.ABDUVALIXO'JAEV

BestMaster
4 Fevral 2024, 09:00
akademiya, samarador, bolsa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads