Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Laporta: "Superliga turnirida qatnashgan klublar 100 million evro oladi"

"Barselona" prezidenti Superliga haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

"Barselona" prezidenti Superliga haqida gapirdi.

"Superliga kelasi mavsum yoki 2025/26 yilda boshlanishi mumkin, ammo bo'lmasa, hammasini qayta ko'rib chiqaman. Ingliz jamoalari qo'shiladimi, menga farqi yo'q. Ularning allaqachon o'z Superligasi – APL bor.

Turnirni o'n oltita jamoa bilan boshlash mumkin. Evropa kubogi 1955 yilda juda oz sonli klublar bilan boshlandi va keyinchalik Evropaning asosiy turniriga aylandi.

Tasavvur qilamanki, birinchi bosqich shunday bo'ladi, keyin ko'proq klublar qo'shiladi.

Superliga degani, klub hech bo'lmaganda turnirda qatnashgani uchun 100 million evro oladi, Chempionlar ligasida g'alaba qozonganing uchun esa buni ham olmaysiz", - dedi Joan Laporta RAC1 radiosiga bergan intervyusida.

"Barselona" prezidenti Superligaga qo'shilishi mumkin bo'lgan klublar nomini aytib o'tdi. Bular “Real Madrid”, “Barselona”, “Inter”, “Milan”, “Roma”, “Napoli”, “Portu”, “Sporting”, “Benfika”, “Ayaks”, “Feyenoord”, “PSV”, “Marsel”, “Bryugge” va “Anderlext”.

BestMaster
2 Fevral 2024, 19:00
laporta, superliga, turnirida, qatnashgan, klublar, million, evro, oladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads