Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bellingem Grinvudni zo'rlovchi deb atadi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem 1 fevral kuni bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatining 20-turida "Xetafe" futbolchisi Meyson Grinvudni zo'rlovchi deb atadi. 

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem 1 fevral kuni bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatining 20-turida "Xetafe" futbolchisi Meyson Grinvudni zo'rlovchi deb atadi. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.

Manbaga ko'ra, bu futbolchilar o'rtasidagi ayovsiz yakkakurashdan so'ng sodir bo'lgan. "Xetafe" La Liga delegatsiyasidan ushbu fikrni o'yin hisobotiga kiritishni so'radi. Eslatib o'tamiz, Grinvud o'tgan yilning kuzidan beri "Xetafe"da ijara asosida o'ynamoqda. 21 yoshli Meyson "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

Grinvud zo'rlashga urinish va hujum qilishda gumonlanib hibsga olinganidan keyin 18 oydan ko'proq vaqt davomida "qizil iblislar" safida o'ynamadi. Bellingem o'tgan yozda "Real"ga o'tgan edi. 20 yoshli angliyalik futbolchi La Liganing 19 ta uchrashuvida 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

BestMaster
2 Fevral 2024, 13:00
bellingem, grinvudni, zorlovchi, atadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads