Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng oson vaziyatdan gol ura olmadi (video)

«Real Madrid» yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng oson vaziyatdan gol ura olmadi. 

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng oson vaziyatdan gol ura olmadi. Bunga hech kimning ishongisi kelmadi». Aynan shu sarlavha ostida Mirror nashri portugaliyalik futbolchining qulay vaziyatdan gol ura olmaganiga bag'ishlangan maqolani chop etdi.

«Selta»ga qarshi La Liganing qoldirilgan o'yinida «Real» 4:1 hisobida g'alaba qozonib, mamlakat chempionligini qo'lga kiritish uchun juda yaqin qadam tashladi. Mazkur o'yinda Ronaldu dubl qayd etib, Evropa top-5 milliy chempionatlarida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi.

Ammo hisob 3:1 bo'lib turgan vaqtda 32 yoshli futbolchi juda qulay vaziyatni golga aylantira olmadi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo'ldi.

«Qanday qilib u (Ronaldu) gol ura olmadi?», — deb yozdi Twitter foydalanuvchilaridan biri. «Bunday vaziyatdan gol ura olmagani uchun Ronalduni kechira olmayman», — deya vaziyatga izoh berdi yana bir foydalanuvchi.

Twitter foydalanuvchilari orasida portugaliyalikni qo'llab-quvvatlaganlar ham topildi: «Bu vaziyatda Ronalduni ayblay olmayman. Chunki u oson vaziyatdan ko'ra qiyin vaziyatlardan gol urishni yaxshi ko'radi».

 

BestMaster
18 May 2017, 14:35
krishtianu, ronaldu, faoliyatidagi, oson, vaziyatdan, olmadi, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 dibala21  
nima sanlaga sehirgalmi ranaldo uyam odam
18 May 2017, 16:54
 zsrhfdhk  
Ha u ham odam ku
18 May 2017, 22:26
 beki  
ranoldo zur 7 7 7
19 May 2017, 10:18
 Timati  
Tuwunsa boladi fint qilaman deb qilolmadi da wunga urolmadi bomasa golni korardik
19 May 2017, 19:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads