Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» safarda kambek evaziga «Las-Palmas»ni mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Real» safarda «Las Palmas» klubi mehmoni bo'lib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Real» safarda «Las Palmas» klubi mehmoni bo'lib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Anchelotti jamoasi birinchi bo'limda bir nechta vaziyatga ega bo'lganiga qaramay, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. "Real" esa muxlislarni uzoq kuttirmasdan hisobni tenglashtirdi. Kamavinganing uzatmasidan keyin Vinisius jarima maydoniga kirdi va aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

O'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida esa "Qirollik klubi" ikkinchi golni urdi. Kroos tomonidan burchakdan etkazilgan uzatmani Tchuameni bosh bilan darvozaga joyladi.

Ushbu g'alaba tufayli "Real" o'z ochkolarini 54 taga etkazdi va yana peshqadamga aylandi.

Ispaniya La ligasi, 22-tur
Las-Palmas – Real Madrid 1:2 (0:0)
Gollar: 1:0 – 53 Xavi Munos, 1:1 – 65 Vinisius Junior, 1:2 – 84 Tchuameni.
Las-Palmas – Vales, Marvin (Ertsog, 69), Suares, Marmol, Kardona, Moleyro (Luaodis, 69), Xavi Munos (Kaba, 89), Rodriges, Perrone, Munir (Pexino, 78), Sandro Ramires (Kardona, 78).
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Fran Garsiya, Kroos, Sebalos (Valverde, 59), Braim Dias (Xoselu, 59), Kamavinga (Tchuameni, 81), Vinisius Junior (Mendi, 90), Rodrigo (Gyuler, 81).
Ogohlantirishlar: Rodrigo (5), Rodriges (55), Xavi Munos (82), Perrone (90), Mendi (90).

BestMaster
27 Yanvar 2024, 23:00
liga, «real», safarda, kambek, evaziga, «las-palmas»ni, maglub, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads