Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Qarz» darhol qaytarildi, yana foizi bilan!

Futbol hodisotlarga boy-da, baribir.

.
- Yuklab olish

Futbol hodisotlarga boy-da, baribir. «Real» futbolchilari kechagina Saudiyada «Barselona»ni sharmandali holatga tushirib (4:1), Ispaniya superkubogini boshlari uzra baland ko'tarishgandi mag'rurlik bilan. Oradan hech qancha o'tmay, ayollar futbolida hammasi mutlaqo teskari aylandi...

Qarangki, ayollar miqyosidagi mamlakat superkubogi yarim finalida aynan «Barselona» va «Real» klublari o'zaro to'qnash keldi. Bu safar 4:0 hisobi qayd etildi, lekin «Madrid» emas, balki ayollar sektorida chin gegemoniya o'rnatgan Kataloniya jamoasi foydasiga.

«El-klasiko-W»ning alohida nuqtasi shuki, «Real» darvozasiga 4-golni urgan Salma Paralluelo braziliyalik Vinisius Junior ishorasini takrorladi. Ar-Riyodda «xet-trik»ka erishgan futbolchi barmoqlari yordamida 4 raqamini ko'rsatgandi (gollar soniga ishora). Salma esa «dubl» qayd etdi va Vinisiusga o'ziga xos javob berdi, go'yo. Oddiy aytganda, «Barselona» ayollar jamoasi erkaklar klubi uchun tezkor qasos oldi yoki «qarz» (1:4)ni darhol qaytardi, yana foizi bilan (4:0).

«Barselona» ayollar jamoasi 4-marta Ispaniya superkubogini qo'lga kiritib, bu borada rekord o'rnatdi. «Blaugrana» finalda «Levante»ni 7:0 hisobida engdi. Hozirda «Atletiko», «Levante», «Eybar», «Malaga» va «San-Visente» ayollar jamoalari hisobida 1tadan superkubok bor.

BestMaster
27 Yanvar 2024, 22:00
«qarz», darhol, qaytarildi, yana, foizi, bilan!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads