Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Qay biri kuchli: APL yoki La Liga?

Evropada APL (Angliya) va La Liga (Ispaniya)ga futbol etaloni sifatida qaralishi hech kimga sir emas.

.
- Yuklab olish

Evropada APL (Angliya) va La Liga (Ispaniya)ga futbol etaloni sifatida qaralishi hech kimga sir emas.

Ikki milliy chempionatni o'zaro taqqoslaganda, ko'pchilik Angliya Premer-ligasini ustun ko'rishi ham bor gap. Binobarin, APL hamisha 2-3ta emas, balki ko'proq favorit jamoaga ega ekanligi bilan ajralib turadi La Ligadan. Shuningdek, tijorat masalasida ham Angliya chempionati ancha ilgarilab ketgani barchaga ma'lum. Lekin ba'zi statistik ko'rsatkichlar borki, ularga qarasak, ispan ligasi ingliz divizioniga bemalol raqobat taqdim etayotgani ko'rinadi.



Goal24 kanalida berilgan tasvirlarda APL va La Liganing joriy mavsumidagi eng qo'rqinch­li hujumkor triolari natijasi o'zaro taqqoslangan. Qarang, APL­da dahshat uyg'otayotgan «Manchester Siti»ga tegishli uchlik (Erling Xoland - Xulian Alvares - Fil Foden) hisobida jami 25ta gol bor. Xosep Gvardiola shogirdlari bu borada «Liverpul» hujumida katta hajmda ish bajarayotgan Muhammad Saloh - Darvin Nunes - Diegu Jota uchligini atigi 1ta gol darajasida ortda qoldirmoqdalar. Uchinchi yuqori ko'rsatkich Son Xyun Min, Risharlison va Deyan Kulishevskidan iborat «Tottenxem» uchburchakiga tegishli - 23ta gol. Xullas, APLda hujumkor triolar o'rtasidagi poyga o'ta qizg'in tus olmoqda.

Xo'sh, La Liganing eng dahshatli hujum triolari ko'rsatkichi qanday? Avvalo, aytish kerak, Ispaniya chempionatida umumiy natija biroz balandroq. Misol uchun, ikkinchi bo'lib turgan «Real» triosi (Jud Bellingem - Rodrigo - Xoselu) hisobida xuddi APL etakchilariniki kabi 25ta gol bor. Ustunlik esa hozircha «Atletiko» vakillari qo'llarida: Alvaro Morata - Antuan Grizmann - Anxel Korrea uchburchagi chempionatning ortda qolgan o'yinlarida jami 27ta goldan xirmon yasadi. Poyganing uchinchi qatorida kamtarin «Jirona»ni olg'a boshlayotgan uchlik bormoqda - Artyom Dovbik, Kris­tian Stuani va Savio bog'lami klubning 22ta goliga mualliflik qildi. Qoyil.

BestMaster
16 Yanvar 2024, 19:00
biri, kuchli, yoki, liga?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads