Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya superkubogi. «Real» finalda «Barsa»ni taslim etdi

Ispaniya superkubogi finalida "Real" va "Barselona" o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya superkubogi finalida "Real" va "Barselona" o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Karlo Anchelotti jamoasi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

"Qirollik klubi" birinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasida 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Kataloniyaliklar himoyasidagi parokandalikdan Vinisius Junior ikki marta foydalandi. "Barsa" 33-daqiqada Levandovskining goli evaziga hisobni qisqartirdi.

Ammo oradan ko'p o'tmasdan Arauxo o'z jarima maydoni ichida Vinisiusni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Juniorning o'zi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

Xavi ikkinchi bo'limda o'yinchi almashtirishlar orqali vaziyatni o'nglashga intildi. Ammo "Real" 64-daqiqada qarshi hujum orqali to'rtinchi golni urdi. Gol muallifi — Rodrigo.

71-daqiqada esa Ronald Arauxo ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Shu bilan o'yin taqdiri amalda hal bo'ldi. Faqat Joau Feliks hisobni qisqartirishi mumkin edi, ammo Lunin mahorat ko'rsatib, xavfli zarbani qaytardi.

Shunday qilib, "Real" mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi.

Ispaniya superkubogi, final
Real Madrid – Barselona 4:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 10 Vinisius Junior, 2:1 – 33 Levandovski, 3:1 – 39, penalti Vinisius Junior, 4:1 – 64 Rodrigo.
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Sebalos, Kroos (Modrich, 81), Valverde, Tchuameni, Bellingem, Xoselu, Vinisius Junior (Kamavinga, 82), Rodrigo (Braim Dias, 77).

Barselona – Penya, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serji Roberto (Lopes, 61), Gyundogan, de Yong, Pedri (Yamal, 61), Ferran Torres (Joau Feliks, 61), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Arauxo (37), Serji Roberto (40), Bellingem (43), Ryudiger (62).
Chetlatish: Arauxo (71).

BestMaster
15 Yanvar 2024, 02:00
ispaniya, superkubogi, «real», finalda, «barsa»ni, taslim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads