Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid" Jaxon rekordini zabt etdi

Kecha "Qirollik klubi" La Liga doirasida "Real Sosedad" klubi mehmoni bo'ldi va mazkur uchrashuvda mezbonlar darvozasini 3 bor ishg'ol etgan Madridliklar ketma-ket 73-golli uchrashuvi sifatida "Santos" tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorladilar.

Futbol qiroli Pele boshchiligidagi Braziliyaning "Santos" klubi 1961-yil noyabr oyidan 1963-yil avgustiga qadar ketma-ket 73 uchrashuvda raqiblari darvozasini ishg'ol etgan holda jaxon rekordini o'rnatgan edilar. Oradan 54 yil o'tib Zidan qo'lostida harakat qilayotgan "Real Madrid" ushbu rekordni zabt etishga muvaffaq bo'ldilar.

Madridliklar ushbu 73 uchrashuv davomida 200 ta gol (o'rtacha 2.74 ta) kiritgan holda 7 ta! sovrin (CHL 2 ta, UEFA superkubogi 2 ta, bittadan klublararo Jaxon chempionligi, La Liga hamda Ispaniya superkubogi) yutib olishga erishdilar.

Jamoa tomonidan kiritilgan 200 ta gol jami 6 ta musobaqa davomida amalga oshirilgan bo'lib, ularning 121 tasi La Ligada, 41 tasi Chempionlar ligasida, 22 tasi Qirol kubogi, 6 tasi klublararo mundial, 5 tadan UEFA va Ispaniya superkuboglarida raqiblar darvozalaridan joy olgan. Ushbu gollarning 49 tasi mos ravishda jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, Karim Benzema 21 bor raqib darvozalarini ishg'ol etgan.

RealBlancos

BestMaster
18 Sentabr 2017, 08:10
madrid, jaxon, rekordini, zabt, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Arman  
R M C F . U Z REAL MADRID FANATLARI SAYTI!
18 Sentabr 2017, 08:20
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads