Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» peshqadamlardan birini mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida "Real" safarda qiyin kechishi kutilgan o'yinda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida "Real" safarda qiyin kechishi kutilgan o'yinda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Dastlabki 3ta turda 100 foizli natija qayd etib turgan "Real Sosedad" mavsumda ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

O'yinning 19-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Serxio Ramos jarima maydonchasi ichida to'pni egallab, chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo'lganida, Mayoral o'sha joyda paydo bo'ldi va darvozani ishg'ol qildi.

Oradan 10-daqiqa o'tib basklar hisobni tenglashtirishdi. Odriosola o'ng qanotdan havolatib etkazib bergan uzatmani Kevin Rodriges urga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To'p Navasning qo'llari orqali uzoq burchakka borib tushdi.

Oradan ko'p o'tmasdan san-sebastyanliklar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi, ammo bu ish Zidan shogirdlariga nasib etdi.  "Sosedad" o'zining birinchi goli kabi kombinatsiya tashkil qildi. O'ng qanotdan etkazilgan uzatmaga Ilyaramendi jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi. "Real" o'sha zahoti qarshi hujum tashkil qilib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Mayoral bir himoyachini aldab o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Rodriges to'pni qaytarish chog'ida o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

Butun o'yin davomida ko'rinmagan Beyl bahsning 61-daqiqasida o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Isko uzoq masofadan ajoyib uzatma bilan uelslik futbolchini oldinga boshladi. Garet tezlikda himoyachidan o'tib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va posbonni dog'da qoldirdi.

Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkolarini 8taga etkazib, 4-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 4-tur
Real Sosedad – Real Madrid 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 19 Mayoral, 1:1 – 28 Rodriges, 1:2 – 36, avtogol Rodriges, 1:3 – 61 Beyl.
Real Sosedad – Ruli, Rodriges, Lorente, Elustondo, Odriosola, Surutusa, Prieto (Xuanmi, 69), Kanales (Vela, 57), Ilyarramendi, Yanuzay (Agirreche, 77), Villian Joze.
Real Madrid – Navas, Teo (Nacho, 90), Varan, Karvaxal, Ramos, Isko, Modrich, Asensio (Sebalos, 86), Kazemiro, Beyl, Mayoral (Vaskes, 75).
Ogohlantirishlar: Lorente (36), Asensio (38), Ilyarramendi (42), Yanuzay (45), Kazemiro (64).

BestMaster
18 Sentabr 2017, 02:00
liga, «real», peshqadamlardan, birini, maglub, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 CarolCrio  
Реаллл кароллл
18 Sentabr 2017, 06:37
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads