Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"ning 72 uchrashuvlik golli seriyasi "Anoeta"da start olgan

Ertaga "Qirollik klubi" La Liga doirasida "Real Sosedad" klubi mehmoni bo'ladi va mazkur uchrashuvda Madridliklar tomonidan kiritiladigan gol jamoa uchun ketma-ket 73-golli uchrashuvi sifatida "Santos" tomonidan o'rnatilgan rekordning takrorlanishiga olib keladi.

Qiziq tomoni shundaki, mazkur rekordni ertaga "Anoeta" stadionida yangilash imkoniga ega bo'lgan "Real" futbolchilari ketma-ket golli uchrashuvlari seriyasini aynan "Real Sosedad"ga qarshi "Anoeta"dagi bahsda boshlagan edilar. 2016-yilning 30-aprel kuni Beyl tomonidan San Sebastyanliklar darvozasiga kiritilgan yagona gol shu kungacha davom etib kelayotgan 72 uchrashuvli golli seriyaga poydevor vazifasini bajarib bergan edi.

Madridliklar ushbu 72 uchrashuv davomida 197 ta gol (o'rtacha 2.74 ta) kiritgan holda 7 ta! sovrin (CHL 2 ta, UEFA superkubogi 2 ta, bittadan klublararo Jaxon chempionligi, La Liga hamda Ispaniya superkubogi) yutib olishga erishdilar.

Jamoa tomonidan kiritilgan 197 ta gol jami 6 ta musobaqa davomida amalga oshirilgan bo'lib, ularning 118 tasi La Ligada, 41 tasi Chempionlar ligasida, 22 tasi Qirol kubogi, 6 tasi klublararo mundial, 5 tadan UEFA va Ispaniya superkuboglarida raqiblar darvozalaridan joy olgan. Ushbu gollarning 49 tasi mos ravishda jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, Karim Benzema 21 bor raqib darvozalarini ishg'ol etgan.

RealBlancos

BestMaster
16 Sentabr 2017, 18:00
realning, uchrashuvlik, golli, seriyasi, anoetada, start, olgan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 komil(rm)  
Sibasaki Sheteginga soldi
16 Sentabr 2017, 19:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads