Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” muxlislari faqat hushtakbozlikka yaraydimi?

Ispaniyaning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos o'z muxlislardan futbolchilarga nisbatan hushtakbozlik qilmasliklarini so'radi.

.
- Yuklab olish

Ispaniyaning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos o'z muxlislardan futbolchilarga nisbatan hushtakbozlik qilmasliklarini so'radi.
 
Evropa Chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan APOEL klubiga qarshi kechgan bahs (3:0) da “Santyago Bernabeu” “Real” yarim himoyachisi Garet Beylni muvaffaqiyatsiz harakatlari uchun hushtakbozlik bilan siylagan.
 
“...Men o'zim hech narsani eshitmadim va tribunada nima bo'lganidan xabarim yo'q. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham o'zimizning futbolchilarga nisbatan hushtakbozlik qilish yaxshi emas.
 
Biz g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni berdik va hech qaysimiz ustimizdan hushtakbozlik qilishlariga arzimaymiz!
 
Biroq gap “Real” haqida bormoqda va muxlislar ham har bir futbolchi ijrosida kuchli o'yin ko'rishni xohlaydi.
 
To'g'ri, ba'zilar bizga qarshi shunday munosabatda bo'lishi mumkin, lekin bu hech nimaga yordam bermaydi”, deydi germaniyalik futbolchi Toni Kroos.
 
Ta'kidlash joizki, Garet Beyl APOELga qarshi uchrashuvning 82-daqiqasiga qadar maydonda harakat qildi va gollarning birida jamoadoshlarini to'p bilan ta'minladi. Ammo shunga qaramasdan muxlislar Garet Beyl ustidan mazah qilishgan...
 
Ma'lumot uchun, “Real” klubi Evropa Chempionlar ligasining birinchi turini o'z maydonida o'tkazib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Endilikda “qirollik klubi” 2-turni 26 sentyabr kuni Germaniyaning “Borussiya” Dortmund klubiga qarshi o'tkazadi.

BestMaster
16 Sentabr 2017, 15:10
“real”, muxlislari, faqat, hushtakbozlikka, yaraydimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads