Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» so'nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g'alaba qozondi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 22-tur o'yinida “Real” 18 fevral, shanba kuni “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 22-tur o'yinida “Real” 18 fevral, shanba kuni “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi.

Shiddatli kechgan o'yinning birinchi bo'limida darvozalar ishg'ol etilmadi. Biroq ikkinchi bo'limda madridliklar raqib darvozasi tomon yo'l topa oldi. Dastlab, 78-daqiqada Federiko Valverde gol urgan bo'lsa, 90+2-daqiqada Marko Asensio o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Ushbu g'alabadan so'ng Karlo Anchelotti shogirdlari ochkolarini 51 taga etkazdi va endi musobaqa peshqadami “Barselona” bilan oradagi farq 5 ochkoni tashkil etmoqda. Kataloniyaliklar 22-tur bahsini bugun "Kadis"ga qarshi o'tkazishadi.

La liga, 22-tur bahsi
18 fevral, shanba
“Osasuna” – “Real” 0:2
Gollar: 0:1 – 78 Valverde, 0:2 – 90 Asensio.
“Osasuna”: Errera, Unai Garsiya, David Garsiya, Sanches, Brashanas (Oros, 72), Moyses Gomes, Torro (Kike Garsiya, 85), Ruben Garsiya (Moreno, 63), Monkayola, Budimir, Ez Abde (Barxa, 85).
“Real Madrid”: Kurtua, Nacho (Karvaxal, 76), Ryudiger, Militao, Alaba, Modrich, Sebalos (Asensio, 66), Kamavinga, Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Rodriges, 88).
Ogohlantirishlar: Torro (5), Monkayola (45), Vinisius Junior (45), Moyses Gomes (45), Nacho (84).

BestMaster
19 Fevral 2023, 06:20
liga, «real», songgi, daqiqalarda, urilgan, gollar, evaziga, galaba, qozondi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads