Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” 8 ta gol kiritilgan uchrashuvda Jahon chempionligini qo'lga kiritdi

Madridning “Real” klubi klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini 5:3 hisobida mag'lub etdi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini 5:3 hisobida mag'lub etdi.

Madridliklar tarkibida hujumchi Vinisius va yarim himoyachi Federiko Valverde dubl qayd etishdi. Yana bir gol hujumchi Karim Benzema tomonidan kiritildi.

“Al-Hilol” hujumchisi Vietto hisobida ikkita to'p, hujumchi Mussa Marega hisobida yana bir gol bor.

Gollar:

1:0 – 13 Vinisius Junior, 2:0 – 18 Valverde, 2:1 – 26 Marega, 3:1 – 54 Benzema, 4:1 – 58 Valverde, 4:2 – 63 Vetto, 5:2 – 69 Vinisius Junior, 5:3 – 79 Vetto.

"Real Madrid" – Lunin, Karvaxal (Valexo, 79), Alaba, Ryudiger, Kamavinga, Modrich (Nacho, 74), Kroos (Asensio, 74), Tchuameni (Sebalos, 62), Valverde, Benzema (Rodrigo, 62), Vinisius Junior.

"Al-Xilol" – Al-Mayuf, Abdelxamid, Chjan Xen Su, Al-Bulayxi, Al-Dosari, Karrilo (Maykl Richard, 75), Kuelyar, Al-Dosari (Al-Dosari, 75), Kanno, Vetto (Al-Xamdan, 87), Marega (Igalo, 86).

Madridning “Real” klubi o'z tarixida beshinchi marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozondi va bu rekord hisoblanadi. Madridliklar bungacha 2014, 2016, 2017 va 2018 yillarda g'alaba qozongan.

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatida uchinchi marta klublar o'rtasidagi jahon chempioni bo'ldi. U buni ikki marta "Real Madrid" bilan va bir marta "Milan" bilan amalga oshirdi.

BestMaster
12 Fevral 2023, 02:20
“real”, kiritilgan, uchrashuvda, jahon, chempionligini, qolga, kiritdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads