Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Futbol haqida ushbu blits faktlarni bilarmidingiz?

Quyida futbol tarixida ko'pchilik e'tibor bermagan faktlarga qisqacha to'xtalamiz.

.
- Yuklab olish

Quyida futbol tarixida ko'pchilik e'tibor bermagan faktlarga qisqacha to'xtalamiz.

1. Germaniya futbol tarixidagi jahon chempionati final bahslarida eng ko'p mag'lub bo'lgan (4 marta) jamoa hisoblanadi.

2. «Yuventus» futbol tarixidagi EChL finallarida eng ko'p mag'lub bo'lgan klubdir (7 marta).

3. Krishtianu Ronaldu - tarixda birorta sovrin yutmasdan turib «oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi (2013).

4. Xorxe Kampos - ba'zida hujumchi sifatida o'ynaydigan darvozabon. U bahslar davomida 46 marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan.

5. Argentinalik futbolchi Martin Palermo Kolumbiyaga qarshi o'yinda 3 marta penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lgan, biroq ularning barchasini ko'kka sovurgan. Keyinchalik uning jamoasi 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi (1999).

6. Sinisha Mixaylovich «Latsio» tarkibida bitta o'yinda 3 ta jarima zarbasini aniq amalga oshirgan (1999). U ajabtovur xet-trikni «Sampdoriya»ga qarshi yo'llagan oqshom rimliklar 5:2 hisobida zafar quchgan.

7. «Qalqon» laqabi bilan mashhur kolumbiyalik Xerardo Bedoyya faoliyati davomida 46 ta qizil kartochka olgan. Biz qo'pol ta'rifini juda ko'p ishlatadiganimiz Serxio Ramos esa 27 marta maydonni erta tark etgan. 

8. Mark Xyuz 1 kunda 2 marta o'yin o'tkazgan. Uels terma jamoasi safida Evro saralash bosqichida o'ynaganidan so'ng, kunning ikkinchi qismida Germaniyaga uchib, «Bavariya» uchun kubok finalida ham ishtirok etgan (1987).

9. Urugvaylik Sebastyan Abreu butun faoliyati davomida 32 xil klubda o'ynagan yagona futbolchi hisoblanadi.

10. Mashhur Zlatan 30 yarddan ko'proq masofadan turib chalqancha uslubda zarba yo'llab gol urgan (eng uzun masofadagi chalqancha gol)

11. Jon Samuelsen 60 yarddan turib bosh bilan zarba yo'llash orqali sheriklarini pas bilan ta'minlagan. Bu rekord!

12. Yana o'sha Ibrahimovich! U debochalarga ramziy tusda qaraydi. Zlatan EChL, Erediviziya, La Liga, A Seriya, Liga 1, APL hamda MLSdagi debyut o'yinlarida gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi.

13. 2000 yilgi APLning bir bahsida hakam start hushtagini chalishi bilanoq Li Todd ismli o'yinchi referiga nisbatan jirkanch so'zlar ishlatgan. Hakam buni anglagan zahoti tezkor qizil kartochkani ko'rsatgan. Rasmiy ravishda, hatto Toddning chetlatilishi ham futbol tarixidagi eng tezi emas. «Sheffild Yunayted» a'zosi Keyt Gillespi 2007 yilda 1 soniya ham o'tmasdan maydondan chetlatilgan. U bahs boshlanmasidan oldin raqibni tirsagi bilan turtib yubordi.

14. 2013 yilda Serj Jexua zahiradan maydonga tushirilishidan 3 soniya o'tib qo'pollik qildi va darhol qizil kartochka oldi. U yakunda jilmayib qo'ydi. Bu uning klubdagi birinchi va oxirgi o'yini edi.

15. 2016 yilda Alirizo Beyronvand to'pni qo'llari bilan eng uzoq masaofaga tashlash bo'yicha rekordni yangilagan. To'p 61 metr masofani bosib o'tgan. Bahs 2016 yil 11 oktyabrda Janubiy Koreyaga qarshi bo'lib o'tgan.

16. Penaltilar seriyasi 1970 yilda joriy qilingan.

17. Ofsayd tizimi 1863 yilda joriy qilingan.

18. 1946 yilda «Stokport» va «Donkaster» o'rtasidagi kubok o'yini 3 soat 26 daqiqa davom etdi,  shunday bo'lishiga qaramasdan g'olibni aniqlash uchun tangadan foydalanilgan.

BestMaster
3 Fevral 2023, 16:00
futbol, haqida, ushbu, blits, faktlarni, bilarmidingiz?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads