Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bir o'yindan ikki lavha

«Real» avvalgi payshanba oqshomi yana bir irodali g'alabani rasmiylashtirib, Ispaniya kubogi yarim finaliga yo'l ochdi.

.
- Yuklab olish

«Real» avvalgi payshanba oqshomi yana bir irodali g'alabani rasmiylashtirib, Ispaniya kubogi yarim finaliga yo'l ochdi. Karlo Anchelotti shogirdlari bu safar «Atletiko» bilan bahsning 78-daqiqasiga qadar 0:1 hisobida ortda borib, yakunda g'alabani o'z tomonlariga og'dirishdi - 3:1. Ko'pchilik o'yin va undan so'ng ikki kadrga alohida e'tibor qaratdi. Sports.ru sayti ham bularga darov to'xtalishni lozim topdi.

Olijanob Benz! 

Birinchi lavha «Real» goleadori Karim Benzemaga bog'liq. Frantsiyalik hujumchi o'yin boshlanishidan oldin jamoa sardori sifatida odatiy kichik jarayonda qatnashdi. Bilasiz, bunda raqiblar sardorlari va hakamlar o'zaro qo'l berib so'rashishadi, yana jamoalar vimpellari esdalik uchun almashtiriladi, yakunda an'anaviy suratga tushiladi. Xullas, uchrashuvdan so'ng ushbu surat ustida muhokama boshlandi. Binobarin, Benzema raqib vimpelini kameraga qaratib, suratga tushgan (to'liq ko'ringan) bo'lsa, «Atletiko» sardori Koke «Real» ramzini ortiga «yashirdi». Ehtimol, bu shunchaki, tasodifdir, ammo oldinroq ham shunday holat kuzatilgandi. Ya'ni yanvar oyidagi «El-klasiko» oldidan Benzema «Barselona» vimpelini to'g'ri ko'z-ko'z qilgan, Serxio Buskets esa «Real»nikini kameradan «olib qochgandi».

Moratadan trolling

Alvaro Morata garchi «Atletiko» tarbiyalanuvchisi bo'lsada, yoshligidayoq «Real» safiga qo'shilgan va o'zini namoyon qila olgan. Keyinchalik Italiya va Angliyada to'p surgan hujumchi Ispaniya, aynan «Atletiko»ga qaytdi. «Madrid derbisi»da esa Morata ilk daqiqalardanoq «Real» muxlislarining haqoratomuz hayqiriqlariga duch keldi: «Kalamush». Qarangki, bundan jahli chiqqan futbolchi 19-daqiqada hisobni ochdi va golni nishonlashda kafti bilan libosidagi familiyasining dastlabki bo'g'inini yopti. Shu tariqa rata yozuvini ko'rsatdi. Rata — bu kalamush. To'g'ri, Alvaroning tezkor goli va o'rinli javobi yakunda «Atletiko»ga yordam bergani yo'q - «matraschilar» oxirida g'alabani qo'ldan chiqarishdi va qo'shimcha bo'limlarda mag'lubiyatni tan olishdi. 

D.ALIMOV tayyorladi

BestMaster
3 Fevral 2023, 15:40
oyindan, ikki, lavha,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads