Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Chelsi” tarixni yangilamoqda. Futbol tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer

“Chelsi”ning kechagi xaridi 21 yoshli Entso Fernandes eng qimmat futbolchilar ro'yxatiga kirdi.

.
- Yuklab olish

“Chelsi”ning kechagi xaridi 21 yoshli Entso Fernandes eng qimmat futbolchilar ro'yxatiga kirdi. Keling, kuchli o'ntalikka yana kimlar kirgani ko'rib chiqamiz.

10. Eden Azar (Belgiya) – 115 mln evro

Yarim himoyachi 2019 yilda “Chelsi”dan “Real”ga o'tgan edi. Madridliklar juda ko'p pul to'laganlaridan afsuslanishlari aniq.

9. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 117 million evro

2009 yilda "Manchester Yunayted" hujumchisi uchun 117 million evro juda baland summadek tuyulardi. Ammo "Real Madrid"da Ronaldu o'zining transfer narxini oqladi.

8. Jek Grilish (Angliya) - 117,5 mln evro

Grilish 24 yoshli Ronaldudan qimmatroq bo'lib chiqdi - bu kulgili, ammo 2021 yilda bunday narxlar endi ajablanarli emas edi. Yarim himoyachi "Aston Villa"dan "Man Siti"ga o'tdi.

6-7. Antuan Grizmann (Frantsiya) - 120 million evro

Yana bir muvaffaqiyatsiz transfer. 2019-yilda “Atletiko”dan “Barselona”ga ko'chib o'tgan Grizmann Kataloniyada o'zini topa olmadi va tez orada eski jamoasiga qaytib keldi.

6-7. Entso Fernandes (Argentina) - 121 million evro

Entso unga qilingan investitsiyani oqlaydimi? O'yinchini transfer bozi yopilishiga juda oz vaqt qolganda sotib olishdi.

5. Joau Feliks (Portugaliya) – 127,2 million evro

"Atletiko" nafaqat qimmatga sotishi, balki sotib olishi ham mumkin. 2019 yilda uzoq vaqtdan beri Ronalduning merosxo'ri nomini olgan futbolchi "Benfika"dan Madridga ko'chib o'tgandi.

4. Filippe Koutino (Braziliya) – 135 mln evro

Braziliyalik futbolchi "Liverpul"da porladi va 2018 yilda "Barselona" unga e'tibor qaratdi. Ammo u klubda o'ziniki bo'la olmadi. Hozir Koutino kamtarona “Aston Villa”da o'ynaydi.

3. Usmon Dembele (Frantsiya) – 140 mln evro

"Borussiya D" futbolchilarni yaxshi pulga sotishni biladi. Dembele hozir "Barselona"dagi oltinchi mavsumini o'tkazmoqda va kutilgandek bo'lmasa-da, jamoaga juda ko'p foyda keltirdi.

2. Kilian Mbappe (Frantsiya) - 180 mln evro

2017 yilda jahon futbolining asosiy to'purari “Monako”ni “PSJ”ga almashtirdi. U birinchi mavsumni ijara asosida o'tkazdi, shundan so'ng ular to'liq transferni amalga oshirishdi.

1. Neymar (Braziliya) – 222 million evro

"Barselona"ning sobiq futbolchisi 2017 yilda "PSJ"ga o'tgan edi. Ular uni Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun olib kelishdi. Ammo hozircha parijliklar bu maqsadiga erisha olmadi.

BestMaster
1 Fevral 2023, 11:40
“chelsi”, tarixni, yangilamoqda, futbol, tarixidagi, qimmat, transfer,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads