Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya kubogi. «Real» qo'shimcha bo'limda bir kishi kam qolgan «Atletiko» ustidan irodali g'alaba qozondi

Ispaniya Kubogi chorak final bahsida “Real” va “Atletiko” o'zaro bahs olib bordi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya Kubogi chorak final bahsida “Real” va “Atletiko” o'zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochdi. 79-daqiqada esa Rodrigo muvozanatni tikladi. Shu tariqa jamoalar qo'shimcha bo'limlarga yo'l oldi.

Qo'shimcha bo'limlarda “matraschilar” bir kishi kam bo'lib qoldi. 99-daqiqada Stefan Savich qo'polligi uchun qizil kartochka oldi. 104-daqiqada esa Karim Benzema “qaymoqranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. O'yin yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganda Vinisius Junior madridliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi.

Karlo Anchelotti shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo'l oldi.

Ispaniya kubogi, chorak final bahsi
26 yanvar, payshanba
“Real” – “Atletiko” 3:1
Gollar: 0:1 – 19 Morata, 1:1 – 79 Rodrigo, 2:1 – 104 Benzema, 3:1 – 120 Vinisius Junior.
Chetlatish: Stefan Savich (99)
“Real Madrid”: Kurtua, Nacho (Odriosola, 115), Ryudiger, Militao, Mendi (Sebalos, 44), Modrich, Kroos (Asensio, 74), Kamavinga, Valverde (Rodrigo, 69; Martin, 115), Benzema, Vinisius Junior.
“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu, Koke (Saul, 83), De Pol (Kondogbia, 83), Lemar (Karrasko, 74), Grizmann (Barrios, 90), Morata (Vittsel, 63), Korrea (Depay, 74).
Ogohlantirishlar: De Pol (44), Reynildu (54), Ermoso (62), Sebalos (69), Vinisius Junior (97), Savich (97), Koke (105).

BestMaster
27 Yanvar 2023, 07:40
ispaniya, kubogi, «real», qoshimcha, bolimda, kishi, qolgan, «atletiko», ustidan, irodali, galaba, qozondi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads