Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barselona» va «Real»ga chempionlikdagi raqib kutilmagan bo'ldi

«Real Sosedad»ni transferlar o'zgartirdi va u La Ligadagi kuchlar muvozanatini ushlab turibdi.

.
- Yuklab olish

«Real Sosedad» liga doirasidagi 18-tur uchrashuvida «Rayo Valekano»ni mag'lub etdi (2:0) va Ispaniya chempionatida «Real»ga ochkolar bo'yicha etib oldi. Imanol Alguasil shogirdlari ketma-ket beshta g'alabaga erishdi va birinchi o'rindan uch ochko ortda qolmoqda. Ajablanarlisi shundaki, klub yozda asosiy etakchi hujumchi Aleksandr Isakni «Nyukasl»ga sotganidan so'ng bunday missiyani amalga oshirdi, transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda. Bu pul evaziga bir qancha yangi futbolchilar qo'lga kiritildi, ular endi o'zgarishlarni amalga oshirmoqda.

«Real Sosedad» transfer tizimi ajoyib ishladi

Yozda San-Sebastyan klubi Aleksandr Isak, Villian Joze (10 million evro) va Metyu Rayanni (500 ming evro) sotgandi. Ulardan tashqari yana besh nafar futbolchi erkin agent sifatida ketishdi, jumladan bir vaqtlar iqtidorli deyilgan belgiyalik Adnan Yanuzay ham shular jumlasidandir. Ularni almashtirish uchun klub besh nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Aleksandr Syorlot «RB Leyptsig»dan 1,5 million, Takefusa Kubo «Real»dan 6,5 million, Muxammad-Ali Sho 11 million, Brays Mendes 14 mln, Umar Sodiq 20 mlnga San-Sebastyan klubiga ko'chib o'tdi. Agar 2021/2022 yilgi mavsumda Aleksandr Syorlot misol tariqasida «Real Sosedad» safida 33 ta o'yinda 3 ta gol urgan bo'lsa, endi «gol+pas» tizimida 14 o'yinda 8+1 ko'rsatkichiga ega. Qolaversa, norvegiyalik futbolchi Ispaniya kubogi va Evropa ligasida ikkita gol urdi. Ayni damda uning Ispaniya chempionatida besh o'yinlik golli seriyasi bor. U «Sevilya», «Osasuna», «Almeriya», «Atletik» va «Rayo Valekano» darvozasini ishg'ol etgan.

Yozda besh yillik shartnoma imzolagan Takefusa Kubo ham asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. U hujumda turli pozitsiyalarni qamrab oladi va barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda uchta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Muxammad-Ali Sho jarohatga moyil edi: klubda olti oy davomida frantsiyalik futbolchi ikki marta son qismini jarohatlagan, 2023 yil boshida esa to'pig'idan jarohat olgandi. Shu bilan birga, u La Liganing sakkizta o'yinida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Brays Mendes klubi etakchisiga aylandi. Ispaniyalik futbolchi Evropa ligasida «Manchester Yunayted»ga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi, Qirol kubogida xet-trik qilgan bo'lsa, ligada olti o'yinlik golli seriyani davom ettirdi. Shu tariqa, u barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bu vaqt ichida uning transfer narxi deyarli ikki baravarga ko'tarildi, ya'ni 18 million evrodan 30 million evrogacha. Ammo Umar Sodiqning yangi klubidagi faoliyati darhol boshlanmagan. U debyutida «Atletiko»ga qarshi o'yinda gol urdi, ammo «Xetafe»ga qarshi bahsda jarohat olgan. Forvard sentyabr oyi o'rtalaridan beri maydonga tusha olmadi va shu vaqt ichida 22 ta o'yinni o'tkazib yubordi.

«Real Sosedad»ning yana bir ustun tarafi

San-Sebastyan klubi autsayderlar va jadvalning ikkinchi qismidagi jamoalar bilan uchrashuvlarda deyarli ochko yo'qotmaydi. Masalan, «Sosedad» «Barselona» (1:4), «Xetafe» (1:2), «Real Valyadolid» (0:1) va «Betis»ga (0:2) mag'lub bo'ldi, «Valensiya» (1:1) bilan ham ochko bo'lishdi. Biroq bundan uyog'iga ishlar besh. Ispaniya kubogida «ko'k-oqlar» to'rtta raqibini mag'lub etishdi va endi «Barsa» bilan chorak finalda to'qnash kelishadi, Evropa Ligasida esa oltita o'yindan beshtasida g'alaba qozonishdi. Bu esa besh nafar jarohat olgan futbolchilar bilan ham sodir bo'ldi.

Ayni dam «Barselona» va «Real»ning ikkita zaxira o'yini bor, ammo 29 yanvar kuni «Sosedad» «qirollik klubi» bilan bahslashadi, shundan so'ng esa jamoani chempionlik uchun kurashishga tayyor yoki tayyor emasligini bilib olamiz. 

BestMaster
22 Yanvar 2023, 17:00
«barselona», «real»ga, chempionlikdagi, raqib, kutilmagan, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads