Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Barselona" ayollari Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real"ni mag'lubiyatga uchratdi

"Barselona" ayollar o'rtasidagi "El Klasiko"da g'alaba qozondi.

.
- Yuklab olish

"Barselona" ayollar o'rtasidagi "El Klasiko"da g'alaba qozondi.

Kataloniya klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Real”ni qo'shimcha bo'limlardan so'ng 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'yinning 59-daqiqasida Iren Paredes ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etganidan so'ng, "Barselona" bir soatdan ko'proq vaqt ichida bir kishi ko'p bo'lib o'ynadi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. “Barselona” hujumchisi Klaudiya Pina 24-daqiqada hisobni ochdi. “Real” esa 54-daqiqada shotlandiyalik Kerolayn Veyrning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Qo'shimcha bo'limlarda faqat "Barselona" futbolchilari gol urishdi. Mariona Kaldentey 111-daqiqada penaltidan, Salma Paralluelo esa 120-daqiqada gol urdi.

"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi.

 

BestMaster
20 Yanvar 2023, 16:20
barselona, ayollari, ispaniya, superkubogi, yarim, finalida, realni, maglubiyatga, uchratdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads